¡збекистон республикаси
Download 2.32 Mb.
|
Маъруза (ЭЧС) лотин
Qisqa tutashuv kuchlanishi Uk-shunday kuchlanishki, transformatorning chulg‘amlaridan biriga shu kuchlanish berilganda, boshqa chulg‘amiga qisqa tutashgan bo‘lsa, undan o‘tayotgan tok nominal miqdoriga teng bo‘ladi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator kuchlanishining pasayish kattaligini aniqlab, uning chulg‘amlaridagi to‘la qarshilikni xarakterlaydi. Uch chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv kuchlanishi uning istalgan bir juft chulg‘ami uchun, uchinchi chulg‘ami uzib ko‘yilib aniqlanadi. SHunday qilib, uch chulg‘amli transformator uk ning uchta qiymatiga ega bo‘ladi. Hamma transformatorlar uchun kisqa tutashuv kuchlanishi nominal kuchlanishga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi: , bunda ua-transformatorning aktiv qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi; ur-transformatorning reaktiv (induktiv) qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi. CHulg‘amlarning induktiv karshiligi aktiv qarshilikka qaraganda ancha katta (uncha katta bo‘lmagan transformatorlarda 2-3 marta, yiriklarida esa 15-20 marta) bo‘lganligi uchun uk asosan reaktiv qarshilikka, ya’ni chulg‘amlarning o‘zaro joylashishiga, ular orasidagi kanalning eniga, chulg‘amlarning balandligiga bog‘liq bo‘ladi. S alt yurish toki ic, po‘latdagi aktiv va reaktiv isroflarni xarakterlaydi va po‘latning magnit xossasiga, magnit o‘tkazgichning tuzilishini va uni yig‘ish sifatiga, hamda magnit induksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Salt yurish tokinint kattaligi transformator nominal tokiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Sovuqlayin prokatlangan po‘latdan yasalgan hozirgi transformatorlardagi salt yurish toklarining qiymati katta bo‘lmaydi. Salt ishlashdagi ΔRc va qisqa tutashishdagi ΔRk isroflar transformatorning tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar po‘latning qayta magnitlanishi hamda uyurma toklarni hosil bo‘lishidan kelib chiqadigan isroflar yig‘indisidan iborat. Qisqa tutashuv isrofida chulg‘amlardan yuklama toki o‘tganda hosil bo‘ladigan isroflar, transformator chulg‘amlari va tuzilishidan kelib chiqadigan qo‘shimcha isroflar kiradi. Sochilish magnit maydonlari chulg‘amning chekka o‘ramlari hamda transformator tuzilishlari (bak devorlari, yarmo balkalari va hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qo‘shimcha isroflarni keltirib chiqaradi. Ularni kamaytirish uchun chulg‘am ko‘p tomirli transpozitsiyalangan simdan tayyorlanib, bak devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (to‘siladi). Transformatorlarning chulg‘amlari, odatda, yulduz Y, chiqarilgan neytralli yulduz Yo va uchburchak Δ ko‘rinishidagi sxemalar bo‘yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning EYUK lari (E1 va E2) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul qilingan. Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini turlicha ulash yo‘li bilan ulanishlarning o‘n ikkita turli guruhini olish mumkin, bunda chulg‘amlarni yulduz-yulduz sxemasida ulashda istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruhni, yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 tok guruhni hosil qilinadi. CHulg‘amning ulanish sxemasi belgisining o‘ng tomoniga uning ulanish guruhi yoziladi. C Hulg‘amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg‘am neytrali erga tutashtirilishi zarur bo‘lgan holda qo‘llaniladi. YUK chulg‘ami 330 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar va hamma avtotransformatorlarda YUK chulg‘amlari neytralini erga samarali tutashtirnsh shart. 110, 150 va 220 kV li tizimlar ham neytrali erga samarali tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar neytralining bir qismi erga ulanmaydi. CHunki, chiqarilgan nol simlar izolyasiyasi, odatda, to‘la kuchlanishga hisoblanmaydi, shuning uchun neytrali erga ulanmagan ish rejimida hosil bo‘lishi ehtimoli bor o‘takuchlanishlarni transformatorning nol nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin (21-rasm). SHuningdek, to‘rt simli 380/220 va 220/127 V tarmoqlarni ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amidagi neytral ham erga tutashtiriladi. 10-35 kV li kuchlanishdagi chulg‘amlar neytrali erga ulanmaydi yoki sig‘im toklarini kompensatsiya kilish uchun yoy so‘ndiruvchi g‘altak orqali erga ulanadi. Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarning asosiy texnik ma’lumotlari, ularning ulanish guruhlari sxemalari amaldagi standartlar bilan belgilangan. YUqori kuchlanishli quvvatli transformator murakkab qurilma bo‘lib, ko‘p sonli konstruktiv elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari quyidagilar: magnit tizimi (magnit o‘tkazgich), chulg‘amlar, izolyasiya, chikkichlar, bak, sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash mexanizmi, himoyalash va o‘lchash qurilmalari hamda aravachalar. Magnit o‘tkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi hisoblanadi. Magnit o‘tkazgich bir-biridan izolyasiyalangan elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan alohida-alohida listlardan yig‘iladi. Transformatorning po‘lat listlari bir-biridan puxta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak. Hozir 0,01 mm qalinlikda lak surkab listlarni izolyasiyalash keng qo‘llanilmoqda. Lak pardasi listlar orasida etarli darajada ishonchli izolyasiya hosil qiladi, magnit o‘tkazgichning yaxshi sovishini ta’minlaydi qizishga chidamliligi yuqori va yig‘ish paytida buzilmaydi. Magnit o‘tkazgich va uning konstruktiv detallari transformator asosini tashkil etadi. Asosta chulg‘am o‘rnatiladi va chulg‘am bilan kirish simlari o‘tkazgichlar yordamida ulanib, asosga mahamlanadi va bu bilan transformatorning aktiv qismi hosil qilinadi. Transformatorlarning chulg‘amlari konsentrik yoki navbatma-navbat keluvchi bo‘lishi mumkin. Birinchi holda PK va YUK chulg‘amlari silindrlar ko‘rinishida tayyorlanib, sterjenda bir-biriga nisbatan konsentrik joylashtiriladi (22-rasm, a). Ko‘pchilik kuch transformatorlarida chulg‘amni shunday tayyorlash qabul qilingan. Ikkinchi holda YUK va PK chulg‘amlari bir xil diametrli qisqa silindrlar ko‘rinishida tayyorlanib, sterjenda biri ustiga ikkinchisi joylashtiriladi (22-rasm, b). Bunday chulg‘amda kavsharlash ishlari nohoyatda ko‘p, ixcham emas va maxsus elektr pechi transformatorlari yoki quruq transformatorlar uchun qo‘llaniladi, chunki chulg‘amlarning sovish sharoitini yaxshilaydi. Transformatorlarning chulg‘amlari etarli elektrik va mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. CHulg‘amlar va ulardan chiqqan simlar izolyasiyasi kommutatsiya va atmosfera o‘takuchlanishlariga buzilmasdan chidashi kerak. CHulg‘amlar qisqa tutashuv toklari o‘tishida hosil bo‘lgan elektrodinamik kuchlarga chidashi kerak. Izolyasiya yo‘l qo‘yilganidan ortiq qizib ketmasligi uchun chulg‘amlarni ishonchli sovitish tizimi ko‘zda tutilishi lozim. CHulg‘am o‘tkazgichlari mis yoki alyuminiydan qilinadi. Ma’lumki, mis kichik elektr qarshilikka ega, kavsharlash onson, mexanik jihatdan mustahkam, bu esa transformator chulg‘amlarini tayyorlashda misni keng qo‘llashga imkon beradi. Alyuminiy arzon, zichligi kichik, ammo solishtirma qarshiligi katta, chulg‘amni tayyorlashda yangi texnologiya talab etadi. Hozirgi transformatorlarda chulg‘am uchun parallel bog‘lam tarzidagi alohida o‘tkazgichlar o‘z holatini davriy o‘zgartirib turadigan transpozitsiyalangan sim qo‘llaniladi. Bu elementar o‘tkazgichlar qarshiligining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi, mexanik mustahkamligini orttiradi, izolyasiya qalinligini va magnit o‘tkazgich o‘lchamlarini kichraytiradi. Transformatorning izolyasiyasi uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyasiyasining ishonchliligiga bog‘liq. Izolyasiyaning konstruksiyasi «YUqori kuchlanish texnikasi» kursida batafsil o‘tiladi. Moyli transformatorlarda asosiy qismi izolyasiya bo‘lib, qattiq dielektriklar: qog‘oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.. Kuchlanishni rostlash uchun mo‘ljallangan qayta ulagich qurilmalar va transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog‘idan kirish simlarini, chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va boshqa detallarni o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog‘ini olish, so‘ngra aktiv qismini bakdan ko‘tarish zarur bo‘ladi. Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq bo‘lsa, bu holda uni bakning tubiga o‘rnatiladi, so‘ngra bakning qo‘ng‘iroq shaklli yuqori qismi bilan yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning aktiv qismini chiqarish uchun og‘ir yuk ko‘taruvchi qurilmalarga hojat yo‘q, chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi ko‘tarilsa, chulg‘am va magnit o‘tkazgichlarga bemalol qo‘l etadi. Oqim sochilishidan hosil bo‘ladigan isrofni kamaytirish uchun po‘lat baklar ichki tomonidan elektrotexnik po‘lat paketi yoki magnitsiz materiallardan tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling