Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja
Download 204.56 Kb.
|
J TARBIYA
Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi predmeti. Reja: 1. Jismoniy tarbiya nazariyasining manbalari. 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati rivojlanishining davrlari. 3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fan bilan bog'liqligi 4. Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tuchunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikga yunaltirilgan uquv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamalligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning uslubiyati haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va kunikmalari zahirasini oshiradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot malumotlari, jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoyillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi vametodikasi predmeti qotib qolgan uzgarmas malumotlardan iborat bulishi mumkin emas. Jismoniy nazariyasi va metodikasi ijtimoiy, tabiyi, pedagogika fanlari erishgan muvoffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini tashqil etuvchi umumiy qonunlardan, printsiplar va qoidalardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, printsiplar va qoidalar mos keladi va uziga hos manokasb etadi. Uquv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab buldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining m a z m u n i quydagilarni uz ichiga oladi: -jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan bogliqligi: -jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoilari: -jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik printsiplari: -xarakatga urgatish, uqitishning uslublari: -jismoniy sifatlarni rivojlantirish: -jismoniy mashqlar bilan shugullanish mashgulotlarini tashqillashning shakllari: -jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va uning hisoboti: -jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari: -maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi: -sport trenirovkasi jarayonining tavsifi. Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining urg anish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, usmirlar, yoshlar, Urta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shugullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarni jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiya uslubiyati jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham urganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda “Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayorgarligi metodikasi” deb aniq yunalishdagi metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida uzlarining xususiy uslublari mavjud.Uslublarning turli-tumanligi shugullanuvchilarning qaysi psixologik tiplariga mansubliligi, ulaming yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi va h.k.) ga xos va mos kelishi kerak. Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni uqitish metodikasi) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va uquv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, urganish predmetlari xarakteriga kura pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida uz qoidalarini ijtimoiy psixologik va biologik faktorlar hisobiga tuldiradi. Download 204.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling