Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASh VA UNDIRUVChI


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASh VA UNDIRUVChI 
TALABLARINI QANOATLANTIRIShNING NAVBATI
78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish 
yo‘li bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar 
to‘lanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan 
undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib 
ravishda ijro yig‘imini qoplash uchun foydalaniladi. 
(78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga 
qaytariladi. 
79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish 
uchun yetarli bo‘lmasa, bu summa undiruvchilar o‘rtasida ushbu Qonunning 
80-moddasida 
belgilangan navbat bo‘yicha taqsimlanadi. 
Har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi talablar to‘liq qondirilgandan 
keyin qanoatlantiriladi. 
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli 
bo‘lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi. 
80-modda. Undiruvlar navbati 
Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha talablar
mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish bo‘yicha talablar; 
mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni to‘lash bo‘yicha talablar; hayotga yoki sog‘liqqa 
yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar; advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam 
haqini to‘lash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi. 
Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar; jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik 
oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar 
qanoatlantiriladi. 
Uchinchi navbatda majburiy sug‘urta organlarining talablari qanoatlantiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
To‘rtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ta’minlangan talablari qanoatlantiriladi.
(80-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Beshinchi 
navbatda 
kreditorlarning 
mol-mulk 
bilan 
ta’minlanmagan talablari 
qanoatlantiriladi. 
(80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari ushbu 
moddaning 
birinchi — oltinchi qismlarida 
belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun 
mo‘ljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro 
hujjatlari bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya 
qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchiga o‘tkazilgan hollarda 
birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi. 
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuniga
 asosan 
yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling