Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik 
uchun javobgarlik
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish 
to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim 
bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi. 
(81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun 
javobgarlik 
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda 
tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12-BOB. DAVLAT IJROChISINING MAQOMI 
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
83-modda. Davlat ijrochisi 
O‘rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan 
shaxslar davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (bundan bosh inspektorlar 
mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod 
etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy 
boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori 
tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy 
ijro 
byurosi 
markaziy 
apparatining 
boshqa 
xodimlarini, 
hududiy 
boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash 
va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlarini 
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda 
hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va 
lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida 
qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi. 
(83-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining 
mansab darajalari beriladi. 
(83-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
boshqarmasi boshlig‘i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini 
ijro etish bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining 
o‘rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
bo‘limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo‘ladi. 
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling