Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari 
Davlat ijrochisi o‘ziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda o‘z 
faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l 
qo‘ymasligi shart. 
Davlat ijrochisi: 
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va 
majburiyatlarini tushuntirishi; 
ijro hujjatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishi choralarini ko‘rishi; 
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan 
tanishish, ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi; 
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini ko‘rib chiqishi
shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi; 
agar o‘zi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor bo‘lsa yoki uning beg‘arazligiga shubha 
tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini o‘zi rad etishi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
mumkin 
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
86-modda. Davlat ijrochisining qarori 
Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro 
ishi yuritishni qo‘zg‘atish, ijro yig‘imini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi 
taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor bo‘lsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u 
ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi. 
Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi shart: 
qaror chiqarilgan sana va joy
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi; 
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi
qaror orqali hal qilinadigan masala; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik 
hujjatlarini ko‘rsatgan holdagi asoslari
(86-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
ko‘rilayotgan masala bo‘yicha xulosa; 
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati. 
Davlat ijrochisining ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ma’muriy huquqbuzarlik 
haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilmasdan ijro 
etiladi. 
Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. 
(86-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling