Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
89
1 -modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qo‘yishga faqat sud qarori asosida yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. (89 1 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi. Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi. (89 1 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 89 2 -modda. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi Oldingi tahrirga qarang. Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirish uchun nomzodlarni o‘rganadi, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini ko‘radi. (89 2 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. (89 2 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling