Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori
ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki bo‘ysunuv
tartibida yuqori turuvchi organga,
mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan
kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilmagan hollarda davlat ijrochisining qarori
ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n
kunlik muddatda davlat
ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi
organga, mansabdor shaxsga shikoyat beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest
keltirilishi mumkin.
(86
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida
barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Davlat ijrochilari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar
va hujjat nusxalari ularning talabiga ko‘ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda
taqdim etiladi.
Davlat ijrochisining
talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni
bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
198-moddasi
va
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
219-moddasiga
qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: