31-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini
tushuntirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo‘lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro
hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga ko‘ra
ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so‘rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa
organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan
kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos
bo‘lgan o‘zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko‘ra ijro
hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o‘zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro
hujjatiga tushuntirish berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror
chiqaradi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki
bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar bo‘lgan taqdirda,
davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga ko‘ra, shuningdek
taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish hamda ijro etish
usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga
murojaat qilishga haqlidir.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa
organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan xatlov kechiktirish to‘g‘risidagi qarorda nazarda
tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish
to‘g‘risidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar bo‘yicha ijro etiladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |