33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga ko‘ra keyinga
qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning so‘ralayotgan muddati ko‘rsatilishi
kerak.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda davlat
ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘n kundan ko‘p
bo‘lmagan muddatga ko‘pi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin.
Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi
ijro harakatlarini keyinga
qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini ko‘rsatgan holda qaror chiqaradi.
Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ
xabardor qilinadi.
Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat
qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Do'stlaringiz bilan baham: