Ko‘chirish
xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar
organlari xodimlarining
ko‘magida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning
zimmasiga yuklagan
holda uning mol-mulki saqlanishini ta’minlaydi.
Agar qarzdor uydan ko‘chirilgan kundan e’tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib
ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan so‘ng
mazkur mol-mulkni
ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig‘imi,
davlat ijrochisi
tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining o‘rni qoplanganidan keyin ortib qolgan
pul mablag‘lari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablag‘lari
Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘ida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul
mablag‘lari ushbu muddat o‘tganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining
Davlat budjetiga
o‘tkaziladi.
Ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirish
to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
(73-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: