Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar 
Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas: 
mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek 
boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga; 
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan
kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning 
oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga; 
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, 
shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda 
to‘lanadigan summalarga; 
(69-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga; 


qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga; 
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa 
yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi 
munosabati bilan to‘lanadigan summalarga; 
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuniga
 asosan 
o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida 
to‘lanadigan summalarga. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling