Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularning
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularning
asosiy shartlari Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan mol- mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang‘ich) bahosi ko‘rsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi: ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi; mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko‘rsatilgan sud qarorining ko‘chirma nusxasi; mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar. Ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: ijara shartnomasining ko‘chirma nusxasi; ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi; ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan bo‘lsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz o‘tkazish imkonini beruvchi hujjat. Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi: yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi; tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining ko‘chirma nusxasi. Yer uchastkasini va yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi. Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narxning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narxning tushib borishi prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi. (63-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling