57-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu
ashyolarni qarzdordan olib qo‘yadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga
topshiradi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Olib berilishi lozim bo‘lgan ashyolar yo‘qotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh
tortganligi yoxud hozir bo‘lish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni
olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga
qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda
davlat ijrochisi mazkur qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan
qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror
chiqaradi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKIGA
QARATIShNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YuRIDIK ShAXSNING MOL-MULKINI
XATLASh VA REALIZATSIYA QILISh
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish
Oldingi
tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida
ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo‘lgan so‘mdagi va chet el
valyutasidagi naqd pul mablag‘lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig‘imi va ijro bo‘yicha
xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda darhol olib qo‘yilishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi pul mablag‘lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda
undiruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig‘imi summalari,
shuningdek ijro xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan summalar davlat ijrochilarining
depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilib, so‘ngra ijro xarajatlarining o‘rni ushbu summa hisobidan
qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi
hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash choralarini
ko‘radi.
(58-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |