Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

 
 
 
 


53
1
-modda. Qimmatli qog‘ozlarni xatlash 
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar ularning turgan joyi bo‘yicha xatlanadi.
Hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar ushbu qog‘ozlar egasining huquqlari ro‘yxatga olingan joy 
bo‘yicha xatlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli 
qog‘ozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi.
Davlat ijrochisining qimmatli qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risidagi qarorida yoki 
dalolatnomasida xatlangan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qog‘ozlar 
emitentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan sana (aksiyalar bundan 
mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning qarzdorga tegishliligini 
aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, 
shuningdek bunday qimmatli qog‘ozlar o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. 
O‘zga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qog‘ozlarda 
mustahkamlab qo‘yilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi 
belgilangan cheklovlarni qimmatli qog‘ozlarni xatlash to‘g‘risidagi qarorda sanab o‘tishi shart.
 
54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash 
Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda 
sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. 
 
Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning 
uchinchi

to‘rtinchi
 va 
oltinchi qismlarida
 nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan 
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami 
qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi 
tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan 
mustasno. 
 
Kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qo‘yilgan 
mol-mulk qo‘shimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan garov 
(ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadi.
 
Qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan 
yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at 
hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan 
tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli 
qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan 
turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa 
ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan hollar 
bundan mustasno. 
 
Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati 
tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq 


kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali sud 
ijrochisi tomonidan aniqlanadi. 
 
Agar davlat ijrochisi tomonidan ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja 
kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi qimmatli qog‘ozlarni baholash uchun 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi. 
 
Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot 
olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga 
baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro 
ishi yuritishdagi taraflar o‘tkazilgan baholash to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan kundan e’tiboran 
o‘n kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin. 
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni 
baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan 
nizom 
bilan tartibga solinadi. 
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling