48
7
-modda. Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet
tashkilotlarining pul mablag‘lariga qaratish xususiyatlari
Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul
mablag‘lariga qaratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet
tashkilotlarining mablag‘lariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi
nizomda
belgilangan xususiyatlar hisobga
olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(48
1
—48
7
-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuni
bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi
tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning
qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lganda, davlat ijrochisining qaroriga
muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning o‘zga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini
tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning
qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisining ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra
chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
50-modda. Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan
Do'stlaringiz bilan baham: |