Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

53-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qarzdorga 
topshirilgan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan 
bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro‘yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man 
etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni 
olib qo‘yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har 
bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga 
olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini 
buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda 
tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlash quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki 
saqlanishini ta’minlash maqsadida;
javobgarga tegishli bo‘lib, uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash 
to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Xatlangan mol-mulkni olib qo‘yib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi 
tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan so‘ng amalga 
oshiriladi.
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash 
bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo‘yishga haqli.
Olib qo‘yilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol 
realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so‘mlar va chet el 
valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va 
platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari 
va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo‘laklari) 
olib qo‘yilishi shart. 
 
Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonunchilikda belgilangan tartibda 
garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi. 
 
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi 
tomonidan o‘chiriladi. 
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling