Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

55-modda. Mol-mulkni saqlash 
Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa 
shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga 
imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi 
saqlovchiga topshirgan bo‘lsa, o‘sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu 
mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki 
investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek mol-
mulkning xossalariga ko‘ra, undan foydalanish uning yo‘q bo‘lib ketishiga yoki qimmati pasayishiga 
olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan 
foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, davlat ijrochisining roziligi talab 
etilmaydi. 
 
Saqlovchi, agar qarzdor uning o‘zi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, 
uning xodimi) bo‘lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash 
uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi 
chegirib tashlangan holda qoplanadi. 
Xatlangan avtomototransport vositasi auksion o‘tkazilguniga qadar davlat ijrochisi 
tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maxsus ajratilgan 
joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima 
maydonlarida) saqlanadi. 
 
Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash 
tartibi
hamda shartlari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 
 
 
 
 
 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling