Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish


Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, undiruv 
unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, qayerda va kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’i 
nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada bo‘lishi cheklangan mol-
mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi 
yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi. 
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish 
navbati
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshiriladi: 
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan ko‘char mol-mulkka 
(qimmatli qog‘ozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga, valyuta 
qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho 
metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar 
parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar 
ko‘rsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda 
bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga mo‘ljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga 
nisbatan; 
uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar 
ko‘rsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek 
xomashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga 
mo‘ljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan. 
Ushbu modda 
birinchi qismining 
qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati 
munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan 
taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qo‘llaniladi. 
(60-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling