61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni
ta’minlash choralari
Oldingi
tahrirga qarang.
Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo‘yilganda
davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-
mulkning tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat
mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo‘linmasiga yuboradi. Mazkur
xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lovlar va davlat maqsadli
jamg‘armalariga to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi
O‘RQ-199-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudda
ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish
masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni
Do'stlaringiz bilan baham: |