Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta‟minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining
depozit hisobvarag„iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli
miqdorda bo„nak badalini o„tkazishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ushbu Qonun 42-moddasining
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan hollarda undiruvchi
qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo„yicha tegishli xarajatlarni to„liq bo„nak
bilan
ta‟minlashga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro harakatlari tamomlanganda bo„nak badali (ushbu Qonunning
77-moddasiga
muvofiq
xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga to„liq
qaytariladi, ushbu
Qonun 40-moddasining
oltinchi
qismida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(76-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O„RQ-199-
sonli
Qonuni
tahririda — O„R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: