Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, davlat 
ijrochilarining depozit hisobvarag„iga o„tkaziladi.
Ushbu Qonun 40-moddasining 
oltinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro 
etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Ko„rsatilgan hollarda xarajatlarni undirish 
davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi. 
Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. 
Ushbu Qonun 42-moddasining 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki 
uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo„yin 
tovlagan taqdirda, ularni qoplash to„g„risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat 
ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi 
davlat boji to„lashdan ozod etiladi. 
(77-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
77
1
-modda. Ijro yig‘imi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish bo„yicha harakatlar amalga 
oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yig„imi undiriladi.
(77
1
-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisining ijro yig„imini undirish to„g„risidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi 
yuritish yuzasidan chiqarilgan bo„lsa, o„sha ijro ishiga qo„shib qo„yiladi va alohida ijro ishi 
yuritishni qo„zg„atmasdan ijro etiladi. 
(77
1
-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro yig„imining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
(77
1
-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: sud amaliyoti.
 



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling