Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to„g„risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga 
o„tkazilgan bo„lsa, darhol ijro etiladi. 
Ishga tiklash to„g„risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor 
qilish yoki boshqa ishga o„tkazish haqidagi o„zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish 
to„g„risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo„yilgan 
vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi. 
73-modda. Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorni ko„chirish to„g„risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro 
etilmagan taqdirda ko„chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi majburiy ko„chirish kuni va vaqti to„g„risida qarzdorga rasman ma‟lum 
qiladi. Ko„chirish kuni to„g„risida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo„lmasligi ijro hujjatini ijro 
etish uchun to„sqinlik qilmaydi.
Ko„chirish ijro hujjatida ko„rsatilgan xonani ko„chiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy 
hayvonlaridan bo„shatishdan va ko„chiriluvchining bo„shatilgan xonadan foydalanishini man 
qilishdan iborat bo„ladi.
Ko„chirish xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar organlari xodimlarining 
ko„magida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan 
holda uning mol-mulki saqlanishini ta‟minlaydi.
Agar qarzdor uydan ko„chirilgan kundan e‟tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib 
ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan so„ng mazkur mol-mulkni 
ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig„imi, davlat ijrochisi 
tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining o„rni qoplanganidan keyin ortib 
qolgan pul mablag„lari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul 
mablag„lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag„ida uch yil mobaynida saqlanadi. 
Mazkur pul mablag„lari ushbu muddat o„tganidan so„ng O„zbekiston Respublikasining Davlat 
budjetiga o„tkaziladi.
Ko„chirish to„g„risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko„chirish 
to„g„risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. 


(73-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling