83
1
-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular o‘rinbosarlarining vakolatlari
O„zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog„iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o„rinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro
hujjatining ijro etilishi jarayoni to„g„risidagi boshqa ma‟lumotlarni tekshirish uchun talab qilib
oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish bo„yicha yozma
ko„rsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yo„l qo„ygan taqdirda,
uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
(83
1
-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O„RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni ko„rib
chiqadi.
O„zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksiga
muvofiq surishtiruv organi
boshlig„ining vazifalarini bajaradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq O„zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi,
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari,
shuningdek ularning o„rinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(83
1
-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |