«Ўзбекистон темир йўллари» датк
Ortish-tushirish ishlarini v ombor operatsiyalarini
Download 0.96 Mb.
|
xurshid kmap kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Ortish-tushirish mashina va jihozlarini sonini hisoblash.
3. Ortish-tushirish ishlarini v ombor operatsiyalarini
kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash tizimini loyihalash 3.1. Ortish-tushirish mashinasi va jihoz turlarini tanlash Ortish-tushirish mashina (OTM), qurilma va jihozlarni quyidagi asosiy texnik va ekspluatatsion talablarga rioya qilgan holda tanlash lozim. Mashinalar, qurilmalar va jihozlar ortish-tushirish ishlarini va ombor operatsiyalarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash tizimi texnik darajasini batamom tugal ta’minlashi, asosiy ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi: yuklarni qabul qilish, saqlash, ortish-tushirish ishlariga muvofiqlikda bо‘lishini ta’minlashi kerak. Tanlab olingan mashina va qurilmalar majmui, oldindan ishlab chiqilgan texnologik jarayon bо‘yicha faoliyat kо‘rsatishi, loyihalashtirilayotgan obyektda ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash chizmasi asosini tashkil etishi kerak. 3.2. Ortish-tushirish mashina va jihozlarini sonini hisoblash. Ortish-tushirish frontining texnik jihozlash, OTM laridan vaqt va quvvat bо‘yicha samarali foydalanishni va harakatdagi sostavlarni yuk operatsiyalarida minimal tо‘xtab turishini ta’minlashi lozim. Ortish-tushirish mashinalarini zaruriy soni bajarilayotgan ish hajmi asosida, qо‘yidagi formulalar yordamida aniqlanadi: barcha turdagi yuklar uchun Z = Qsut · Kq · (1 - α) · β / (nsm · Qsm) , dona (3.1) konteynerlar uchun Z = Nsut · Kq · (1 - α) · β / (nsm · Nsm) , dona (3.2) bu yerda nsm – sutkadagi smenalar soni; Qsut - sutkalik yuk aylanmasi **, t/sut: Qsut = Qs.j. + Qs.k. , t/sut (3.3) Nsut- cutkalik konteyner aylanmasi**, kont/sut: о‘rta tonnajli konteynerlar uchun, Nsut=N3.j. +N3.k. +N5.j. +N5.k. +N3.b. +N5.b. , kont/sut katta tonnajli konteynerlar uchun, Nsut=N20.j. +N20.k. +N30.j. +N30.k. +N20.b. +N30.b. , kont/sut Kq - yuklarni qaytadan ortish-tushirish koeffitsiyenti; α - bir turdagi transportdan boshqa turdagi transportga bevosi- ta yuklarni ortishni inobatga oluvchi koeffitsiyent*; Qsm , Nsm - OTMsining smenalik ishlab-chiqarish meyori*, muvofiq ra- vishda t/sm va kont/sm; β - OTMsining turli ta’mirlarda bо‘lishini inobatga oluvchi koeffitsiyent; β = 365 / (365 -Tt) bu yerda Tt – OTM sining yil davomida barcha turdagi ta’mirlarda bо‘lish muddati, sut. (Hisob kitob ishlarida = 1,04 elektr yuklagichlar uchun va =1,03 boshqa turdagi OTM lar uchun, deb qabul qilinsa ham bо‘ladi). OTM larining smenalik ishlab-chiqarish meyorini (Qsm va Nsm) yagona ishlab chiqarish meyorlaridan [9] qabul qilib olinadi. Agarda yagona ishlab-chiqarish meyorlarida, ba’zi bir turdagi OTM lar va yuklar uchun Qsm va Nsm mavjud bо‘lmasa, OTM larining smenalik ishlab-chiqarish meyorini quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: barcha turdagi yuklar uchun Qsm = Qt · tsm · kv , t/sm (3.4) konteynerlar uchun Nsm = Nt · tsm · kv , kont/sm (3.5) bu yerda tsm - smena muddati (tsm = 7), soat; Qch , Nch - OTM sining texnik unumdorligi, muvofiq ravishda t/soat va kont/soat; kv - mashinalardan vaqt bо‘yicha foydalanish koeffitsiyenti (kv = 0,6 ÷ 0,8). Davriy harakatlanuvchi OTM lari uchun texnik unumdorlik qо‘yi- dagi formulalar yordamida aniqlanadi: donali yuklar uchun, Qt = 3600 · Gyuk / Ts , t/soat (3.6) konteynerlar uchun, Nt = 3600 · nk / Ts , kont/soat (3.7) sochiluvchan va tо‘kiluvchan yuklar uchun Qt = (3600 / Ts) · Vk · γ · ψ , t/soat (3.8) bu yerda Gyuk - bir ish siklida elitib qо‘yiladigan yukni о‘rtacha vazni, t; nk - bir ish siklida elitib qо‘yiladigan konteynerlar soni; Vk - OTM si kovshining sig‘imi*, m3 ; γ - yukning hajmiy massasi*, tm3; ψ - kovshni tо‘lar-tо‘lmasligini inobatga oluvchi koeffitsiyent (ψ = 0,80 ÷ 0,95); Ts – OTM si ish siklining vaqti, s Vilkali yuklagichlarni ish siklining vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: Ts = to + tb + (tor.e.+2 · hо‘ /υk + 2 · ℓо‘ /υh + tol.e. + 4·tt.s.) · φ , s (3.9) bu yerda to , tb - yukni vilkaga о‘rnashtirib olish va vilkadan bо‘shatish vaqti (to = tb = 3 ÷ 5), s; tor.e. , tol.e. - vilkani oldinga va orqaga engashtirish vaqti (tol.e.=tor.e.=2 ÷ 3), s; hо‘ - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish balandligi (hо‘ = 0,6÷1,2), m; υk - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish tezligi*, m/s; ℓо‘ -yuklagichni bir ish siklidagi о‘rtacha harakatlanish masofasi (ℓо‘ 50 ÷ 70), m; υh - yuklagichni о‘rtacha harakatlanish tezligi*, m/s; tt.s - yuklangichni tezlanish va sekinlanish vaqti (tt.s 1 2), s. φ - ish siklining alohida operatsiyalarini parallel (ikki yoki undan ortiq operatsiyalarni birgalikda) bajarishni inobat - ga oluvchi koeffitsiyent (0,70,85); Chor poyali va kо‘prik kranlar ish siklining vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: Ts = ti + tb + (4·hо‘ / υk + 2·ℓt / υt + 2·ℓkr / υkr + 8· tt.s.)·φ , s (3.10) bu yerdati , tb - muvofiq ravishda yukni ilgakka ilib olish va ilgakdan yukni bо‘shatish vaqti, s; hо‘ - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish balandligi (hо‘ 2 ÷ 3), m; ℓt , ℓkr - muvofiq ravishda yuk kо‘tarish aravachasini va kranni о‘rtacha harakatlanish masofasi (ℓt = 0,7·Lpr , ℓkr = 15 ÷ 20), m; υk , υt , υkr - muvofiq ravishda yukni kо‘tarish, yuk kо‘tarish aravachisini va kranni harakatlanish tezligi*, m/s; tt.s.- tezlanish va sekinlanish vaqti (tt.s. 1 ÷ 2), s; 8, 4, va 2 sonlari u yoki bu operatsiya ish siklida necha marotaba qaytarilishini kо‘rsatadi. Aylanuvchi strelali kranlarning ish siklining vaqtini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: Ts = ti + tb +(4·hо‘ /υk +2· β ·60 /(υay ·360) +2·ℓkr / υkr +8·tt.s.)·φ , s (3.11) bu yerda β - kran strelasini burilish (aylanish) burchagi (β 160 ÷180), grad; υay - kran platformasini aylanish chastotasi*, ayl/daq. Aylanuvchi strelali kranlar chiqarib qо‘yiladigan tayanchlarga mahkamlanib ishlaganida yoki sochiluvchan tо‘kiluvchan yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarganida ish siklining vaqtini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: Ts = ti + tb +(4·hо‘ /υk +2· β ·60 /(υay ·360) + 6·tt.s.)·φ , s (3.12) chunki aylanuvchi strelali kranlar chiqarib qо‘yiladigan tayanchlarga mahkamlanib ishlaganida yoki sochiluvchan - tо‘kiluvchan yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarganida, ish sikli davomida kran harakatlanmasdan bir joyda muqim turib ishlaydi. Ortish-tushirish mashinalarining zaruriy soni harakatdagi sostavlarni yuk operatsiyalarida tо‘xtab turishlarini meyoriy muddatini qanoatlantirishi kerak: barcha turdagi yuklar uchun, Z' = Qp / (Qt · Tt.t.m. · np ) ≤ Z , dona (3.13) konteynerlar uchun, Z' = Np / (Nt · Tt.t.m · np ) ≤ Z , dona (3.14) bu yerda Qp , Np - muvofiq ravishda vagonlarni eng kо‘p olib kirib berish- dagi yuk va konteynerlarning miqdori, t yoki kont; Qp = Qsut / m , t; Np = Nsut / m kont Tt.t.m.- yuk operatsiyasidagi bitta vagonning tо‘xtab turish mudda- ti (yuk tashish Qoidalari, I- qism, 13- bо‘lim.). np - eng kо‘p olib kirib berish (podachi) lardagi vagonlar soni; np = nsut / m , vag nsut- hisobiy sutkalik vagon aylanmasi, (nsut= n4.j.+n4.k.) , vag. m - yuk frontiga vagonlarni olib kirib berish (podachi) lar soni. Elektr yuklagichlar uchun zaryadlash nuqtalarining soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Zz.n. = Z · tz · kz / 24 , dona (3.15) bu yerda tz - elektr yuklagichlarni zaryadlash muddati (tz 10 ÷ 12), soat; kz - elektr yuklagichlarni zaryadlashga qо‘yishning nomuntazamlik koeffitsiyenti (kz 1,08 ÷ 1,1). Idish–о‘rovli va donali yuklar uchun tagliklar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Ztag = Qs. · Tsaq · kt / Gyuk , dona (3.16) bu yerda Qs. - hisobiy sutkalik yuk aylanmasi**, t/sut; kt - tagliklarning ta’mirda bо‘lishini inobatga oluvchi koeffi- siyent (kt 1,03 ÷ 1,05); Tsaq - yuklarning tagliklarda saqlash muddati, quyidagi tartibda aniqlanadi; a) tagliklar, faqatgina temir yо‘lining yuk saroyi omborlari ichida muomalada bо‘lsa (ishlatilsa), ya’ni idish–о‘rovli va donali yuklar paketsiz tashilsa: Tsaq.j. = tsaq.j. ; Tsaq.k. = tsaq.k. , sut (3.17) bu yerda tsaq.j. , tsaq.k. - muvofiq ravishda jо‘nash va kelish bо‘yicha yuklarni omborda meyoriy saqlash muddati*, sut. b) tagliklar yuk jо‘natuvchining (yuk oluvchining) omborlari va temir yо‘lining yuk saroyi omborlari о‘rtasida muomalada bо‘lsa: Tsaq.j. = tsaq.j. + Tjо‘n ; Tsaq.k. = tsaq.k. + Tol , sut (3.18) bu yerda Tjо‘n , Tol - muvofiq ravishda yuk jо‘natuvchining va yuk oluvchining omborida yuklarni saqlash muddati (Tjо‘n = Tol = 1, sut); v) tagliklar jо‘natuvchi stansiyadagi yuk jо‘natuvchilarning omborlari va tayinlangan stansiyadagi yuk oluvchilarning omborlari о‘rtasida muomalada bо‘lsa, ya’ni idish–о‘rovli va donali yuklar paketlab tashilsa: Tsaq = 2 · [Tjо‘n + tsaq.j. + (1 + L / υe) + tsaq.k. + Tol] , sut (3.19) bu yerda L - yuk tashish masofasi (L 1000 ÷ 1500), km; υe - yukning eltib berish tezligi (υe 330), km/sut. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling