2-jadval. «Дилшод» MChJ da asosiy faoliyatdan olingan qo’shimcha daromadlarning tahlili (ming so’m)
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yilda
|
Jamidagi ulushi,%
|
Hisobot davrida
|
Jamidagi ulushi,%
|
Farqi(+;-)
summa
|
O’sish surati,%
|
1
|
Yalpi daromad
|
2388563
|
100,0
|
1877632
|
100,0
|
-510931
|
78,61
|
2
|
Asosiy faoliyatdan olingan qo’shimcha daromadlar, shundan:
|
3570
|
0,15
|
12580
|
0,67
|
9010
|
352,4
|
3
|
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan
|
1726
|
0,072
|
10120
|
0,54
|
8394
|
586,3
|
4
|
Undirilgan jarima, peniya va ustamalardan
|
44
|
0,002
|
60
|
0,003
|
16
|
136,4
|
5
|
Operativ ijaradan
|
1800
|
0,076
|
2400
|
0,127
|
600
|
133,3
|
Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi
«Дилшод» MChJ ning asosiy faoliyatdan olgan qo’shimcha daromadlari tahlil qilinayotgan yilda 352,4% ga oshgan. O’tgan yili 3570 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, hisobot davrida 12580 ming so’m bo’lgan. Jami daromad tarkibidagi ulushi ham o’tgan yilga nisbatan ancha yuqori (o’tgan yilda 0,15%, hisobot yilida 0,67%) bo’lgan. Uning tarkibiy tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromad yuqori ko’rsatkich kashf etgan. O’tgan yilda bu ko’rsatkich 1726 ming so’mni tashkil qilgan va YaDdagi ulushi 0,072% bo’lgan bo’lsa, hisobot yilida bu ko’rsatkich 10120 ming so’mni tashkil etgan va uning YaDdagi ulushi 0,54% bo’lgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 586,3% oshgan. Undirilgan jarima, peniya va ustamalardan esa korxona 60 ming so’m daromad olgan, bu ko’rsatkich o’tgan yilda 44 ming so’mni tashkil etgan. Operativ ijaradan o’tgan yilga nisbatan 600 ming so’m ko’p daromad olgan ya’ni bu ko’rsatkich 2400 ming so’mni tashkil etgan (o’tgan yili 1800 ming so’m).
3. «Дилшод» MChJ da asosiy bo’lmagan faoliyatga oid daromadlarning tahlili
Korxonalar asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlaridan tashqari, asosiy bo’lmagan faoliyatdan ham daromad olishlari mumkin. Asosiy bo’lmagan faoliyatga oid daromadlarga quyidagilar kiradi: Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va favqulodda foyda.
O’z navbatida, moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar №21-son BHMS ga muvofiq quyidagilardan iborat:
«Дилшод» MChJ da hisobot davri davomida moliyaviy faoliyatdan ham sezilarli darajada daromad olingan. Lekin, bu ko’rsatkich ham yalpi daromadga nisbatan anchayin past, ya’ni, 12757ming so’m yoki YaDning 0,68 foizini tashkil etgan. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning tarkibiy tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular dividendlar ko’rinishidagi daromadlar va valyutalar kurslaridan daromadlardan yuzaga kelgan.
«Дилшод» MChJ da hisobot davri davomida favqulodda foyda va zararlar kuzatilmagan.
Quyidagi 3-jadval orqali moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni tarkibiy tuzilishi va tahlilini ko’rish mumkin:
3-jadval. «Дилшод» MChJ da moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning tahlili (ming so’m)
Do'stlaringiz bilan baham: |