Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni doimiy va tez o’zgarishlar zamonida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi, barqaror rivojlanishga erishib, o’zining yashovchanligini ta’minlash yo’llarini o’rganib, yangi-yangi g’oya va takliflarni ishlab chiqishi lozim. Bu o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini, unda sodir bo’ladigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni va munosabatlarni muntazam ravishda tahlil qilib borishni taqozo qiladi1.
Respublikamiz iqtisodiyotining dinamik rivojlanishi aholi daromadlari va hayot darajasi yanada oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlamoqda. Mulkchilik shakllari turli xil bo’lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish,
faoliyatini nazorat qilish, tahlil qilish va ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo’ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlarini buxgalteriya hisobida qayd etib borishlari va moliyaviy hisobotlarni tuzishlari, bu ma’lumotlarni ichki va tashqi iste’molchilar (rahbariyat, investorlar, aksiyadorlar,
soliq organlari, banklar)ga taqdim qilishlari shart. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar xarajatlarini qoplaydigan va foyda olishini ta’minlaydigan yagona manba bu daromaddir. Aynan daromadlarni oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligi, xo’jalik faoliyati samaradorligi ta’minlanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida daromadlarning oshishidan nafaqat korxonalarning o’zlari, ularning ta’sischilari, investorlari, shuningdek davlat ham manfaatdordir. Shuning uchun, daromadlarni uzluksiz ravishda ko’paytirib borish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu esa korxona tahlilchilari uchun bir
qancha vazifalarni yuklaydi, ya’ni, daromadlarni to’g’ri aniqlanganligini tekshirish, ularni hisobot davridagi o’zgarishiga baho berish, bu ko’rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, daromadlarni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va shu kabilarni. Umuman daromad deganda hisobot davrida korxona aktivlarini ko’payishi yoki uning majburiyatlarini kamayishi tushuniladi.
Kurs ishi «Дилшод» MChJ misolida yozilgan
va uni yozishdan maqsad, «Дилшод» MChJ faoliyatida daromadlarning tan olinishi, ularni turlari bo’yicha tahlil qilish va moliyaviy hisobotlardagi holatiga tahlil yuzasidan baho berish va ma’muriyat uchun tegishli ichki imkoniyat (rezerv)larni aniqlash, shular yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Kurs ishi 2 ta bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobi «
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida daromadlar tahlilining nazariy asoslari» deb nomlangan. Unda daromadlarning buxgalteriya hisobi ob’yekti sifatidagi talqini, alohida belgilari bo’yicha
tasniflanishi, daromadlarni tahlil qilishning vazifalari, ma’lumotlar manbayi hamda daromadlarni hisobga olishga asos bo’luvchi tamoyillar va mezonlar yoritilgan.
1-bobi «
Дилшод MCHJ daromadlari tahlili va ularni ko’paytirish chora-tadbirlari» deb nomlangan bo’lib, unda «Дилшод» MChJ ning faoliyati haqida umumiy ma’lumotlar berilgan va «Дилшод» MChJning alohida faoliyat turlariga doir daromadlarni tahlili, ularni oshirish chora-tadbirlari o’rin olgan. Shuningdek,
ushbu bobda xulosa, taklif, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet saytlari ham berilgan.