Ўзбекситон Республикаси Олий ва Ўрта махсус Таълим вазирлиги Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти “Иқтисодиёт” кафедраси
Download 178.54 Kb.
|
Шодиев А.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi
1-jadval. «Дилшод» MChJ da asosiy faoliyatdan olingan daromadlarning tahlili (ming so’m) Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum, ya’ni moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi asosiy ko’rsatkich shu tahlil qilinayotgan yilda keskin kamaygan (-510931) 78,61%. Korxonaning balans ma’lumotlari shuni ko’rsatdiki, tayyor mahsulotlar realizatsiyasi o’tgan yilga nisbatan ikki hissa kamaygan3 va tayyor mahsulotlar ko’payib, ularning asosiy qismi realizatsiya qilinmasdan qolib ketgan. Lekin, sotishdan olingan sof tushumning o’sish surati undan ko’proq. Bunga korxonaning to’laydigan soliqlarini kamayganligi ta’sir etgan bo’lsa-da, korxona mahsulot realizatsiyasining kamayganligi sof tushumning o’tgan yilga nisbatan kamayishiga ta’sir etgan (-194979) 90,48%. «Дилшод» MChJ faoliyatining kattagina qismi ishlab chiqarish sohasiga, jumladan, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan4. Ko’pgina xo’jalik yurituvchi subyektlar singari ishlab chiqarish korxonalarida ham korxonaning asosiy faoliyatidan olinadigan daromadlaridan tashqari, asosiy faoliyatning qo’shimcha daromadlari ham muhim ahamiyat kasb etadi va daromadlar tahlilining muhim obyektlaridan biri sanaladi. Asosiy faoliyatning qo’shimcha daromadlari tarkibi quyidagilarda namoyon bo’ladi: asosiy vositalarning chiqib ketishidan daromad; boshqa aktivlarning chiqib ketishidan daromad; undirilgan jarima, peniya va ustamalar; o’tgan yillar foydasi; operativ ijaradan daromadlar; kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar; xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari; tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam; boshqa operatsion daromadlar; «Дилшод» MChJ da asosiy faoliyatning qo’shimcha daromadlari hisobot yilida 2-jadval ma’lumotlariga ko’ra 12580,6 ming so’m bo’lgan. Shundan ko’rinib turibdiki, uning yalpi daromaddagi ulushi juda kam hissaga ega ya’ni atigi 0,67% ni tashkil qilgan. «Дилшод» MChJ da hisobot davri mobaynida asosiy faoliyatning qo’shimcha daromadlari quyidagilardan tashkil topgan: boshqa aktivlarning chiqib ketishidan daromad, undirilgan jarima, peniya va ustamalar, operativ ijaradan daromadlar. Quyidagi 2-jadval orqali «Дилшод» MChJ ning hisobot davrida asosiy faoliyatdan olinadigan qo’shimcha daromadlari tarkibiy tuzilishi, uning yalpi daromad tarkibidagi ulushi va uning tahlilini ko’rish mumkin: Download 178.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling