Ўзбекситон Республикаси Олий ва Ўрта махсус Таълим вазирлиги Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти “Иқтисодиёт” кафедраси
«Дилшод» Mchj Daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora-Tadbirlari
Download 178.54 Kb.
|
Шодиев А.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Дилшод» MChJ
1.«Дилшод» Mchj Daromadlari Tahlili Va Ularni Ko’paytirish Chora-Tadbirlari
Ushbu kurs ishi «Дилшод» MChJ misolida yozilgan. «Дилшод» MChJ ning faoliyati haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, «Дилшод» ma’suliyati cheklangan jamiyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi №3202-ПФ sonli «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi farmoniga asosan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qaroriga asosan va O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi Samarqand viloyat boshqarmasining 2003-yil 27-dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan. «Дилшод» MChJ ning Ustavi yangi tahrirda 2011-yil 8-noyabrdagi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan. Ta’sischilar: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar. «Дилшод» MChJ (bundan keyin jamiyat) ning manzilgohi: O’zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, 141503, Tayloq tumani, Дилшод qishlog’i. Jamiyat Samarqand viloyati Tayloq tumani huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasi tomonidan davlat ro’yxatiga o’tkazgan kunidan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo’ldi. «Дилшод» MChJ ning asosiy maqsadi va faoliyati: alkogol maxsulotlar, sharbatlar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo-sotiqni tashkil qilish; O’zbekiston Respublikasi tovar bozorini shakllantirish va boyitishda faol qatnashish; foyda (daromad) olish va olingan foydani jamiyatning tijorat va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga, ta’sischilarning va jamiyat xodimlarining moddiy ahvolini yaxshilashga sarflash; vino, vinomahsulot, konyak, likyor-aroq mahsulotlari va uzum spirit xom-ashyosi ishlab chiqarish; yuqori hosilli sharobbop navli uzumlarning ko’chatlarini, donakli va urug’li mevalarning ko’chatlarini o’stirish va sotish, ular uchun agrotexnikani ishlab chiqish; qishloq xo’jalik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish; oziq-ovqat tovarlari va mahsulotlari, vino pivo, sharbatlar, tomat va konserva mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish; xalq iste’moli mollari (tikilgan kiyimlar, attorlik, trikotaj, to’qimachilik va sovg’abop mahsulotlar, metalldan, yog’ochdan, plastmassadan, charmdan mahsulotlar, mebel) ishlab chiqarish; ishlab chiqarish texnika yo’nalishidagi mahsulot ishlab chiqarish; qurilish materiallari va konstruksiyalar ichiqarish; yuridik va jismoniy shaxslardan jun, qorakul, jun xom-ashyosi, uzum va quruq mevalarni tayyorlash, ularni sotish yoki sanoat asosida qayta ishlashni tashkillashtirish; yuridik va jismoniy shaxslardan ikkilamchi xom-ashyoni, makulaturani, vat emir-tersakni tayyorlash; yuridik va yakka shaxslarning barcha markadagi avtomashinalariga va avto-transportiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash; yuridik va yakka shaxslar buyurtmasi asosida odamlarni va yuklarni tashish; yuk ortish tushirish ishlarini bajarish va boshqalar. Download 178.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling