Ўзбекситон Республикаси Олий ва Ўрта махсус Таълим вазирлиги Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти “Иқтисодиёт” кафедраси


Download 178.54 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi178.54 Kb.
#1536117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Шодиев А.

Ko’rsatkichlar

O’tgan yilda

Jamidagi ulushi,%

Hisobot davrida

Jamidagi ulushi,%

Farqi(+;-)
summa

O’sish surati,%

1

Yalpi daromad

2388563

100,0

1877632

100,0

-510931

78,61

2

Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar, shundan:

1973

0,083

12757

0,68

10784

646,6

3

Dividendlar ko’rinishidagi daromad

173

0,007

124

0,006

-49

71,7

4

Valyutalar kurslari farqidan daromad

1800

0,075

12633

0,674

10833

701,8

Manba: Korxona moliyaviy natijalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi


«Дилшод» MChJ da hisobot davri davomida moliyaviy faoliyatdan olgan daromadi 646,6% oshgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilda 1973 mingni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilda 12757 ming bo’lgan. Bunga asosan valyutalar kurslari farqidan olingan daromad ta’sir etgan. Bu ko’rsatkich tahlil qilinayotgan yilda 701,8% oshgan, o’tgan yilda 1800 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, hisobot yilida 12633 ming so’m bo’lgan. Korxonada dividendlar ko’rinishidagi daromad o’tgan yilda 173 ming so’mni tashkil etgan, hisobot yilida 124 ming so’m bo’lgan.


4. «Дилшод» MChJ ning daromadlarini oshirish yo’llari

Iqtisodiyotni madernizatsiyalash sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’zining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun eng avvalo:



  • o’zining o’tgan hisobot davridagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini aks ettirishi, tahlil qilishi va baholashi;

  • tashqi (investorlar, davlat muassasalari va yuqori tashkilotlar) va ichki iste’molchilar uchun o’zining moliyaviy xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ma’lumotlarni bir tizimga keltirgan holda yig’ib taqdim etishlari lozim.

Ushbu talablardan kelib chiqqan holda mulkiy va tashkiliy shakllaridan qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’zining o’tgan davrdagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini yoritishi va unga baho berishi, ya’ni hisobot tuzishi shart. Chunki hisobotda xo’jalik yurituvchi subyektlarning ma’lum davrdagi shart-sharoiti va faoliyatining natijasini yoritadigan ko’rsatkichlarning tizimi aks ettiriladi.
Hisobot buxgalteriya hisobi jadvalining tugallanuvchi bosqichi hisoblanib, joriy hisobning hamma shakllarida jamg’arilgan ma’lumotlarga asosan tuziladi:

  • tezkor (operativ) hisobning ma’lumotlari;

  • buxgalteriya hisobining ma’lumotlari;

  • statistika hisobining ma’lumotlari.

Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari yordamida sub’yektning faoliyatiga tavsiya beriladi. Tasdiqlangan shakllardagi buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajatlari, sub’yektning mulki, moliyaviy holati va xo’jalik faoliyatining natijalari bo’yicha ma’lumotlar ma’lum tizimda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisoboti sub’yektning kelgusidagi ishini rivojlantirish, nazorat qilish va uni baholash, jamoa, ta’sischilar, aksiyadorlar, boshqaruv muassasalari va qiziquvchi tashkilotlar uchun eng asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Hisobotlar asosan quyidagi belgilarga muvofiq bir-biridan farq qiladi:



  • taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha;

  • qanday maqsad uchun tuzilishi;

  • qamragan davri bo’yicha.

Ma’lumotlarning hajmiga qarab hisobotlar quiydagicha guruhlanadi:





  • qisman - sub’yektning jami xo’jalik faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi;

  • umumiy - sub’yektning jami xo’jalik faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi.


Foydalanish maqsadiga qarab quyidagicha guruhlanadi:



  • tashqi - sub’yektning faoliyati bilan manfaatdor yoki unga qiziquvchi shaxslar foydalanishi uchun, sub’yektning faoliyat turi, daromadining darajasi va mulkining ahvoli to’g’risidagi ma’lumotlar.

  • ichki – xo’jalik ma’muriyatining talabi uchun tuziladigan hisobotlar.


Qamragan davri bo’yicha hisobotlar quyidagicha guruhlanadi:



  • yillik – sub’yekt faoliyatining yillik ko’rsatkichlarini chuqur va to’liq qamragan ma’lumotlar yig’iladi.


Hisobotni chuqur o’rganib va tahlil qilib erishilgan muvoffaqiyatlarning omillari, kamchiliklarining sababini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun tadbirlar belgilashga asos bo’ladi.
Hisobotdan tashqi foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va har tomonlama o’rganib quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  • ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik;

  • u yoki bu sub’yektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiqligi;

  • iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to’g’ri o’rnatish;

  • kelgusida aloqa qiladigan sub’yektlarning moliyaviy ahvolini baholash;

  • ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni hisobga olish.

Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi, bank, statistika muassasalariga taqdim qilinadi.


Ta’sischilar, investorlar, aksiyadorlar va davlatni qiziqtiradigan moliyaviy hisobotning eng asosiy ko’rsatkichi bo’lib daromad hisoblanadi. Daromadlar moliyaviy hisobotga yetib kelguncha bir qancha yo’lni bosib o’tadi. Dastlab hisob registrlaridan aylanma qoldiq qaydnomasiga, so’ngra bosh kitobga o’tkaziladi. Bosh kitob ma’lumotlaridan moliyaviy hisobotning 2-shakli “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning mos satrlarida aks ettiriladi. «Дилшод» MChJ ning daromadlarini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi 3 va 4-ilovalarda keltirilgan.
«Дилшод» MChJ ning buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, korxona aktivlari o’tgan yilga nisbatan ancha oshgan. Bunga asosan, asosiy vositalar va TMZlarning ko’paygani ta’sir etgan. Bularni quyida «Дилшод» MChJ ning qisqartirilgan balansi orqali ko’rish mumkin:


Download 178.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling