Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARNI DARS JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHINI OSHIRISH N.J.Nurniyazov
Адабиѐтлар
343 1. Захарова Н.И. Внедрение информационных технологий в учебный процесс. – Журнал «Начальная школа» №1, 2008. 2. Стадник М.В. Использование медиауроков для развития мышления младших школьников. – Библиотека сообщества учителей начальных классов. Образовательный портал «Сеть творческих учителей», 2006. BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARNI DARS JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHINI OSHIRISH N.J.Nurniyazov – NukusDPI talabasi Respublikamizda ―uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yo‗lini davom ettirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash‖ shu bilan birgalikda boshlang‗ich ta‘lim sifatini tubdan oshirish, bolalarni kichikligidanoq kitob o‗qishga qiziqtirish masalasi yuzasidan keng ko‗lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kun ta‘lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy fikrlaydigan va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‗lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Ijtimoiy faollik, ijodkorlik barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Barkamol inson o‗zida ma‘naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Maktab esa, o‗quvchilarni ijtimoiy hayotga yo‗naltiruvchi sahna vazifasini o‗taydi. Chunki har bir ezgulik, yaxshilik, diyonat va mehribonlikning boshlanish nuqtasi maktabdir. O‗quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish uchun birinchi galda xalq og‗zaki ijodi, xalq ertaklari, hikoyalar, afsonalar, bolalar ensiklopediyasi hamda xalq rassomlarining asarlari, tasviriy ifodani aks ettiruvchi bolalar kitoblari asosiy o‗rin tutadi. Ta‘limda kreativlik – bugungi zamon talab qilayotgan ta‘limdir. Biz ta‘lim va tarbiya berayotgan yosh avlod hayot ostonasida qoqilmay, uchragan muammolarni o‗zi mustaqil hal qila oladigan, zamonaviy texnika vositalaridan hech ikkilanmay bemalol foydalana oladigan, kishilar bilan muloqotga qiynalmay, tortinmay kirishadigan, erkin va ijodiy fikrlaydigan, shaxs sifatida jamiyatda o‗z o‗rniga ega bo‗lgan komil insonlar bo‗lib kamol topishi zarur. Bugungi ta‘lim sohasida bo‗layotgan islohotlar ana shunday dolzarb vazifalarni hal qilishga qaratilganligi bejiz emas, albatta. Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, darsda o‗quvchilarning ijodiy fikrlashga o‗rgatib borish muhim o‗rin tutadi. Erkin va ijodiy fikrlash kishining muloqotga kirishishida, o‗z fikrini erkin bayon qilishida, o‗zganing fikrini to‗ldirib, qo‗shimchalar qila olishida, voqelikni idrok etib o‗z qarashlarini ifoda eta olishida namoyon bo‗ladi. Lekin ko‗pchilik o‗quvchilar o‗zlari o‗qigan, ko‗rgan, eshitgan voqealarini o‗zgalarga gapirib berish tugul, bu voqealarga ijodiy, erkin va mustaqil fikr bildira olmaydilar. O‗quvchilarda ijodiy mustaqil fikrlashni shakllantirishda darslarda ko‗proq suhbat, muloqot qilish, ―voqeaga sizning fikringiz qanday?‖, ―siz shunday vaziyatda qanday yo‗l tutar edingiz?‖, ―siz qahramonning tutgan ishini qanday baholaysiz?‖, ―bu paytda nima bo‗lgan bo‗lishi mumkin?‖, ―nega qahramon shunday yo‗l tutdi deb o‗ylaysiz?‖ kabi shunga o‗xshash savollar bilan o‗quvchilarni baxs-munozaraga jalb etish juda muhim. Bitta dars misolida ko‗rib chiqadigan bo‗lsak; navbatchi axborot topshirishi shu kundagi voqea-Hodisalar, vaziyatni to‗liq ochib berishi bilan belgilanadi. Agar o‗qituvchi juftlikda yoki guruhda bajariladigan topshiriqlar bersa, o‗quvchi o‗zining to‗g‗ri deb bilgan fikrini o‗z sherigiga yoki guruhidagi boshqa o‗quvchilarga yetkaza bilishi ham muloqot orqali namoyon bo‗ladi. Agarda guruhlar taqdim 344 etgan taqdimotlar ichidan eng ma‘qulini tanlash kerak bo‗lsa, har bir guruh o‗z qarashlarini boshqa guruhlarga ta‘riflab berish orqali bir – birlari bilan muloqot qiladilar. Tortishib, o‗zlarining tayyorlagan ishlarini ma‘qullaydilar yoki boshqa guruhlarning ishlariga o‗z munosabatlarini bildiradi lar. Agar o‗qish darsi bo‗lsa, matnni rollargabo‗lib o‗qish orqali o‗quvchilarga qahramonlarga o‗z munosabatlarini bildirish ko‗nikmalarini shakllanadi. Voqealar ketma-ketligini izchil bayon qiladilar. Har bir o‗quvchining fikrini to‗la eshitish, fikrlarning eng ma‘qulini namuna qilib ko‗rsatish o‗qituvchining mahoratiga bog‗liq. Bu orqali o‗quvchilar voqeani adekvat baholay olishni o‗rganadilar, o‗z fikrlarini erkin bildira olish ko‗nikmalari shakllanadi. Erkin bildirilgan fikr qanday bo‗lmasin o‗qituvchi uni oxirigacha eshitishi va boshqa o‗quvchilarni ham bu fikrni eshitishlari va o‗z munosabatlarini bildirishlariga jalb qilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqalar fikrini tinglashga o‗rgatish o‗qituvchidan e‘tibor va mas‘uliyat talab etadi. Boshqalar fikrini tinglagan o‗quvchi voqeani to‗la idrok etadi, o‗z munosabatini bildiradi va eng muhimi, boshqaning fikrini takrorlamaydi. Bu bilan to‗g‗ri va noto‗g‗ri fikrlarni barini qabul qilish degani emas. Noto‗g‗ri fikr bildirgan o‗quvchining fikrini to‗g‗ri emasligini tushuntira bilish, uni to‗g‗ri fikrlashga yo‗naltirish eng muhimidir. Masalan: 3-sinf o‗qish darsligidagi ―qizcha va qarg‗alar‖ hikoyasini olaylik. Hikoya asosida o‗quvchilarning ijodiy fikrlashini oshirish uchun ularga muammoli savol beriladi 1) Nima uchun qarg‗alar yong‗oqni dalaga emas qizchaning hovlisiga olib keldi? 2) Nima uchun yong‗oqga ―qaysar meva‖ deb ta‘rif berilgan? 3) Yong‗oqning foydali tomonlarini ayting. Uning mag‗zi nimaga o‗xshaydi? O‗quvchilar o‗z fikrlari yuzasidan bir-birlari bilan bahsga kirishib ketdilar. Guruhlarda islash uchun topshiriqlar berilganida o‗quvchilar o‗z fikrlarini o‗rtoqlariga yetkazishga harakat qiladilar. Hamkorlikda ishlash jarayonida bir birlarining fikrlarini eshitadilar va to‗ldiradilar, eng maqbulini ajratishga erishadilar. Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi, ko‗pchilik oldida fikr bildirishga, o‗z munosabatlarini bildirishga o‗rganadilar. Voqeani turli usullarda erkin va mustaqil bayon qilish imkoni tug‗iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi. Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‗lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‗ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‗lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‗ladi. Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‗z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‗ladi. U o‗z fikri, qarashiga ega bo‗ladi. Fikr kishisi hamisha o‗z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‗lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling