Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Адабиѐтлар


343 
1. Захарова Н.И. Внедрение информационных технологий в учебный процесс. – 
Журнал «Начальная школа» №1, 2008.
2. Стадник М.В. Использование медиауроков для развития мышления младших 
школьников. – Библиотека сообщества учителей начальных классов. Образовательный
портал «Сеть творческих учителей», 2006. 
BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARNI DARS JARAYONIDA KREATIV 
FIKRLASHINI OSHIRISH 
N.J.Nurniyazov – NukusDPI 
 talabasi
 
Respublikamizda ―uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yo‗lini davom ettirish, 
sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga 
muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash‖ shu bilan birgalikda boshlang‗ich ta‘lim sifatini 
tubdan oshirish, bolalarni kichikligidanoq kitob o‗qishga qiziqtirish masalasi yuzasidan keng 
ko‗lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kun ta‘lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham 
ijodiy fikrlaydigan va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va tayyorlashdan 
iborat.
Bugungi kunda boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishning 
asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur 
bo‗lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Ijtimoiy faollik, ijodkorlik barkamol shaxs 
tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Barkamol inson o‗zida ma‘naviy va jismoniy 
yetuklikni mujassam etadi. Maktab esa, o‗quvchilarni ijtimoiy hayotga yo‗naltiruvchi sahna 
vazifasini o‗taydi. Chunki har bir ezgulik, yaxshilik, diyonat va mehribonlikning boshlanish 
nuqtasi maktabdir. O‗quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish uchun birinchi galda xalq 
og‗zaki ijodi, xalq ertaklari, hikoyalar, afsonalar, bolalar ensiklopediyasi hamda xalq 
rassomlarining asarlari, tasviriy ifodani aks ettiruvchi bolalar kitoblari asosiy o‗rin tutadi. 
Ta‘limda kreativlik – bugungi zamon talab qilayotgan ta‘limdir. Biz ta‘lim va tarbiya 
berayotgan yosh avlod hayot ostonasida qoqilmay, uchragan muammolarni o‗zi mustaqil hal 
qila oladigan, zamonaviy texnika vositalaridan hech ikkilanmay bemalol foydalana oladigan, 
kishilar bilan muloqotga qiynalmay, tortinmay kirishadigan, erkin va ijodiy fikrlaydigan, shaxs 
sifatida jamiyatda o‗z o‗rniga ega bo‗lgan komil insonlar bo‗lib kamol topishi zarur. Bugungi 
ta‘lim sohasida bo‗layotgan islohotlar ana shunday dolzarb vazifalarni hal qilishga 
qaratilganligi bejiz emas, albatta. Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, darsda 
o‗quvchilarning ijodiy fikrlashga o‗rgatib borish muhim o‗rin tutadi. Erkin va ijodiy fikrlash 
kishining muloqotga kirishishida, o‗z fikrini erkin bayon qilishida, o‗zganing fikrini to‗ldirib, 
qo‗shimchalar qila olishida, voqelikni idrok etib o‗z qarashlarini ifoda eta olishida namoyon 
bo‗ladi. Lekin ko‗pchilik o‗quvchilar o‗zlari o‗qigan, ko‗rgan, eshitgan voqealarini o‗zgalarga 
gapirib berish tugul, bu voqealarga ijodiy, erkin va mustaqil fikr bildira olmaydilar. 
O‗quvchilarda ijodiy mustaqil fikrlashni shakllantirishda darslarda ko‗proq suhbat, muloqot 
qilish, ―voqeaga sizning fikringiz qanday?‖, ―siz shunday vaziyatda qanday yo‗l tutar edingiz?‖, 
―siz qahramonning tutgan ishini qanday baholaysiz?‖, ―bu paytda nima bo‗lgan bo‗lishi 
mumkin?‖, ―nega qahramon shunday yo‗l tutdi deb o‗ylaysiz?‖ kabi shunga o‗xshash savollar 
bilan o‗quvchilarni baxs-munozaraga jalb etish juda muhim. Bitta dars misolida ko‗rib 
chiqadigan bo‗lsak; navbatchi axborot topshirishi shu kundagi voqea-Hodisalar, vaziyatni to‗liq 
ochib berishi bilan belgilanadi. Agar o‗qituvchi juftlikda yoki guruhda bajariladigan topshiriqlar 
bersa, o‗quvchi o‗zining to‗g‗ri deb bilgan fikrini o‗z sherigiga yoki guruhidagi boshqa 
o‗quvchilarga yetkaza bilishi ham muloqot orqali namoyon bo‗ladi. Agarda guruhlar taqdim 


344 
etgan taqdimotlar ichidan eng ma‘qulini tanlash kerak bo‗lsa, har bir guruh o‗z qarashlarini 
boshqa guruhlarga ta‘riflab berish orqali bir – birlari bilan muloqot qiladilar. Tortishib, 
o‗zlarining tayyorlagan ishlarini ma‘qullaydilar yoki boshqa guruhlarning ishlariga o‗z 
munosabatlarini bildiradi lar. Agar o‗qish darsi bo‗lsa, matnni rollargabo‗lib o‗qish orqali 
o‗quvchilarga qahramonlarga o‗z munosabatlarini bildirish ko‗nikmalarini shakllanadi. 
Voqealar ketma-ketligini izchil bayon qiladilar. Har bir o‗quvchining fikrini to‗la eshitish
fikrlarning eng ma‘qulini namuna qilib ko‗rsatish o‗qituvchining mahoratiga bog‗liq. Bu orqali 
o‗quvchilar voqeani adekvat baholay olishni o‗rganadilar, o‗z fikrlarini erkin bildira olish 
ko‗nikmalari shakllanadi. Erkin bildirilgan fikr qanday bo‗lmasin o‗qituvchi uni oxirigacha 
eshitishi va boshqa o‗quvchilarni ham bu fikrni eshitishlari va o‗z munosabatlarini 
bildirishlariga jalb qilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqalar fikrini tinglashga 
o‗rgatish o‗qituvchidan e‘tibor va mas‘uliyat talab etadi. Boshqalar fikrini tinglagan o‗quvchi 
voqeani to‗la idrok etadi, o‗z munosabatini bildiradi va eng muhimi, boshqaning fikrini 
takrorlamaydi. Bu bilan to‗g‗ri va noto‗g‗ri fikrlarni barini qabul qilish degani emas. Noto‗g‗ri 
fikr bildirgan o‗quvchining fikrini to‗g‗ri emasligini tushuntira bilish, uni to‗g‗ri fikrlashga 
yo‗naltirish eng muhimidir. Masalan: 3-sinf o‗qish darsligidagi ―qizcha va qarg‗alar‖ hikoyasini 
olaylik. Hikoya asosida o‗quvchilarning ijodiy fikrlashini oshirish uchun ularga muammoli 
savol beriladi
1) Nima uchun qarg‗alar yong‗oqni dalaga emas qizchaning hovlisiga olib keldi?
2) Nima uchun yong‗oqga ―qaysar meva‖ deb ta‘rif berilgan? 
3) Yong‗oqning foydali tomonlarini ayting. Uning mag‗zi nimaga o‗xshaydi? O‗quvchilar 
o‗z fikrlari yuzasidan bir-birlari bilan bahsga kirishib ketdilar. Guruhlarda islash uchun 
topshiriqlar berilganida o‗quvchilar o‗z fikrlarini o‗rtoqlariga yetkazishga harakat qiladilar. 
Hamkorlikda ishlash jarayonida bir birlarining fikrlarini eshitadilar va to‗ldiradilar, eng 
maqbulini ajratishga erishadilar. Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi
ko‗pchilik oldida fikr bildirishga, o‗z munosabatlarini bildirishga o‗rganadilar. Voqeani turli 
usullarda erkin va mustaqil bayon qilish imkoni tug‗iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi. 
Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‗lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‗ladi. Odamning 
fikrlashi qancha erkin bo‗lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‗ladi. Shakllanib kelayotgan 
yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‗z xatti-harakati 
uchun javobgarlik hissi paydo bo‗ladi. U o‗z fikri, qarashiga ega bo‗ladi. Fikr kishisi hamisha 
o‗z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‗lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, 
ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling