Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
Т.А.Еsemuratova - katta o‟qituvchi Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi Bugungi kun talablari nuqtai nazaridan nafaqat bilim berish, balki о‗quvchilarni mustaqil bilim egallashga, tahlil qilishga, qiyoslash, korreksiyalash, hayotiy muhim masalalarni hal etish 335 uchun qо‗llay olish, butun umri davomida bilimlarni operativ tarzda boyitib, yangilab borishga о‗rgatish ham muhim. Bu talablarni faqat an‘anaviy usullardan kechib, о‗qituvchi faoliyatini о‗zgartiribgina qondirish mumkin. Buning uchun о‗qituvchi birinchi о‗rinda nimani о‗rgatmoqchi ekanligini bilishi va oldindan maqsadini belgilab olishi kerak, keyin о‗qituvchi barcha tо‗g‗ri yechimlarning oliy darajadagi «namoyishchisi» emas, balki tashkilotchi, maslahatchi, о‗kuv jarayonini nazoratchisi va boshqaruvchisi bо‗lmog‗i kerak. Bu esa о‗quvchilarni erkin fikrlashga, rejalash va muammolarni hal qilish yо‗llarini taklif qilishga, qо‗yilgan vazifalarni mustaqil yechishga о‗rgatadi. о‗yinli darslar kо‗proq о‗quvchilar о‗zlashtiradigan faoliyat turidir. Bunday darslar orqali ular mehnatda, badiiy ijodda, bilish jarayonida sodir bо‗ladigan yangi hayotiy muammolarni yechish о‗ylarini aks ettiradilar. Shuning uchun о‗yinli darslarga bо‗lgan tayanch bu о‗quvchilarning о‗quv faoliyatiga moslashuviga tarbiyaviy hamda qiyinchilik tug‗dirmaydigan muhim yо‗ldir [1]. Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida biz an‘anaviy ta‘lim bilan rivojlantiruvchi ta‘limni bir-biriga qiyoslab kо‗ramiz: - an‘anaviy ta‘lim; - rivojlantiruvchi ta‘lim; - maqsad; - aniq sо‗zsiz bajaruvchi shaxsni tayyorlash; Shaxsni rivojlantirish, jahon standarti talabiga javob beradigan, о‗ziga, boshqa insonga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mahnatga о‗z tо‗g‗ri munosabatini bildira oladigan, ijodkor, tadbirkor shaxsni tayyorlash, mustaqil ishlashga, о‗z-о‗zini tarbiyalashga sharoit yaratish. Kо‗rsatma Dastur asosida о‗rganish (yodlash) Fan sohasida berilayotgan savollarga javob berishda о‗zi mustaqil javob topa olishi, yodlash emas fan mazmunini о‗zi tushunib yetishi kerakli bilimlarni qidirib topa olishi. Ta‘limiy (didaktik) maqsadlar. Bilim, kо‗nikma, malakani shakllantirish. Dars jarayonida о‗quvchilarga о‗z fikrlarini mustaqil bayon etishga о‗rgatish, kerakli adabiyotlardan ustalik bilan foydalanish, ularni topishga о‗rgatish: - metodlar; - informatsion-reproduktiv, reproduktiv, muammoli; - muammoli, qisman-izlanipshi, izlanishli, informatsion-reproduktiv, reproduktiv; - dars vaqtida о‗quvchilar faoliyatini tashkil etish formalari; - frontal (birnecha о‗quvchidan) yakka hodda; - juft bо‗lib, guruhli, yakka holda, frontal shaklida. Noan‘anaviy darslarning taxminiy rо‗yxati ishchan yoki rollarga bо‗linadigan darslar. - sayohat darslar; - innovatsion о‗yinli darslar; - sahnalashtirilgan darslar va b. didaktik о‗yinlar, ijodiy о‗yinlar [2]. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‗quv jarayonida qо‗llashga bо‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormokda, bunday bо‗lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda о‗quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‗rgatilgan bо‗lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‗zlari qidirib topishlariga, mustaqil о‗rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham о‗zlari keltirib chiqarishlariga о‗rgatadi. о‗qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yо‗naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida о‗quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. 336 Boshlang‗ich ta‘lim jarayonida о‗quvchi shaxsini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi: - о‗quvchi badiiy adabiyotni о‗rganish jarayonida inson shaxsiga doir bilimlarni о‗zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj hamda qiziqishning paydo bо‗lishga erishish; - о‗quvchiga badiiy adabiyot mazmuni tarkibida insonparvarlik, vatanparvarlikka doir bilimlarni berish; - о‗quvchilar tomonidan badiiy adabiyot va inson borasidagi bilimlarni puxta va chuqur о‗zllashtirish uchun muayyan shart-sharoitlar yaratish; - о‗quvchilar tomonidan badiy adabiyot hamda inson shaxsi borasidagi bilimlarning chuqur о‗zlashtirilishiga erishish; - boshlang‗ich ta‘lim hamda badiiy adabiyot interaktiv éndashuv asosida о‗quvchilarning axloqiy sifatlarini boyitish. Interaktiv éndashuv va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar о‗quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bо‗lishlarini taminlaydi. Interaktiv metodlar- bu jamoa bо‗lib fikrlash deb yuritiladi, ya‘ni pedagogik tasir etish usullari bо‗lib ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning о‗ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‗quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat kо‗rsatishi orqali amalga oshiriladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling