Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Adabiyotlar 
1. Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 31 декабрдаги 1059-сон Узлуксиз маънавий 
тарбия концепцияси. 
2.
https://nrm.uz/contentf?doc=611025_uzluksiz_manaviy_tarbiya_koncepciyasi_(o%E2
%80%98zr_vm_31_12_2019_y_1059-son_qaroriga_1-ilova)
 
3. 
https://www.dissercat.com/content/professionalnaya-podgotovka-budushchikh-
menedzherov-s-ispolzovaniem-imitatsionnogo-modelirov
 
 
BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARINING O‗QIB TUSHUNISH 
KO‗NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI 
 
 
M.M.Abdijamilova – NukusDPI,
Boshlang„ich ta‟lim kafedrasi assistent o„qituvchisi 
Kichik maktab yoshdagi o‗quvchilarda o‗qish ko‗nikmasini rivojlantirish zarurdir, dastlab 
o‗qishni o‗rganish va tovushlar tizimini o‗zlashtira olishdan boshlanadi, Harflardan so‗zlarning 
paydo bo‗lishi o‗quvchini o‗ziga jalb qiladi. O‗qib tushunish ko‗nikmasini hosil qilish, 
o‗quvchilarda matndagi o‗qigan narsalarini hayotda qo‗llay bilishga, matnning mazmunini 
tahlil qilishga, o‗z fikrlarini sintez qilish va o‗zini erkin baholay olishga, matnni ma‘noli 
qismlarga ajrata olishga yordam beradi. Bu maqolada kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarda 
o‗qib tushunish ko‗nikmasini shakllantirish bo‗yicha masalalari ko‗rib chiqiladi.
Pedagog va psixologlar, o‗qish jarayonini qiziqarli, samarali va foydali olib borish ustida 
ko‗pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayaptilar. Olimlar o‗qish jarayonining tizimini tashkil 
qilishda shu bilan bir qatorda, o‗quvchi matndagi har bir qatorni o‗qiyotganida aniq shu 
mazmundagi narsalarni ko‗z oldiga keltirishi natijasida "tushunib o‗qish" paydo bo‗ladi, 
natijada, tushunib o‗qish keyinchalik "ongli o‗qish" tushunchasi bilan almashtirildi [4;58]. 
Boshqa mualliflar o‗z ishlarida "aniq o‗qish", "ijodiy o‗qish" atamalaridan foydalanishdi 
[1;47], sharhlarni o‗qish uslubidan foydalanishni taklif qiladi [2;55]. Ushbu atamaning ushbu 
ta'rifi oxirida, ular aytganidek, "ma‘noli o‗qish" atamasi deb nomlanadi [3;44-45]. 
O‗quvchilarda o‗qish ko‗nikmasini shakllantirish uchun o‗qituvchi universal o‗qish 
ko‗nikmasini shakllantirish kerak, shu bilan bilan bir qatorda, turli janr va uslubdagi matnlarni 
o‗qish mahoratini ham shakllantira olishi kerak. 


354 
Xalqaro PIRLS tadqiqoti o‗qish savodxonligini shunday tariflaydi: "Savodli o‗qish – 
matnni tushunish undan olgan bilimlarni ongli ravishda o‗zlashtirishini, maqsadiga erisha 
olishini o‗quvchining jamiyatda o‗z o‗rnini topish qobilyatini shakllantiradi.‖[5]. 
N.Hakimovning fikricha: "Matnning uslubini aniqlash, o‗qish savodxonligini va ko‗nikmasini 
rivojlantiradi, matndagi aniq topshiriq asosida aniq predmetni o‗rganadi. O‗qish jarayonini 
shunday tashkillashtirish kerakki, umumiy madaniy, tahliliy, ijodiy va ko‗ngilochar va 
mahoratli o‗qish jarayonlari bo‗lishi kerak» [6]. 
Mashhur olim A.G. Asmolov savodli o‗qishni, o‗qish maqsadini tushunish va o‗qish 
turini kiritadi‖. Maqsadga qarab har xil janrdagi matndan kerakli ma‘lumotni olish, asosiy va 
ikkinchi darajli ma‘lumotni olish, ilmiy,badiiy publististik va rasmiy uslubdagi matnlarni idrok 
qilish va tushunish; ommaviy axborot vositalarining tilini tushunish va baholay bilishga kiritadi 
[3;30]. 
Biz bilamizki, kichik maktab yoshidagi o‗quvchilari o‗qigan matnni, katta yoshdagi 
kitobxondek qabul qilmaydi. Kichik maktab yoshdagi o‗quvchining idrok qilishining o‗ziga 
xos xususiyatlari ega bo‗ladi. 6-7 yoshli bolalarda hali mantiqiy fikrlash rivojlanmagan, u vizual 
xususiyatga ega, turli xil predmetlar va ularning o‗rnini bosadigan narsalarga va amaliy 
harakatlarga tayanishni talab qiladi. Keyinchalik fikrlash asta-sekin vizual-majoziy xarakterga 
ega bo‗ladi va nihoyat mantiqiy fikrlash paydo bo‗ladi. Kichik yoshdagi o‗quvchining bilim 
faoliyatining rivojlanishidagi bu bosqichlar asosiy o‗rinni egallaydi. 
Zamonaviy metodologiya va metodikaning fikricha, o‗qish ko‗nikmasi aniq matnni 
avtomatik o‗qish mahoratidir. Bundan shuni anglash mumkinki, o‗qigan asarning g‗oyasini va 
o‗z fikr va mulohazalarini idrok qila olishidir. 
Keyinchalik bunday o‗qish faoliyati matnni o‗qishdan oldin, o‗qiyotgan paytida va 
o‗qishdan keyin fikrlashga loyaqat hosil bo‗ladi. Aynan shu ―tushunib o‗qish‖ o‗qish 
mahoratiga asoslangan holda bolani madaniy u‘rf odatlarga, adabiyot olamiga sho‗ng‗ishga , 
jamiyatda shaxs sifatida rivojlanishga o‗rgatadi. Shuni esda tutish kerakki, aynan o‗qish 
ko‗nikmasi, insonning hayotida to‗qnashadigan ma‘lumotlar to‗lqinida ishonchli yo‗nalishga 
ega bo‗lishiga, boshlang‗ich umumta‘lim maktablarda a‘lo o‗qish kalitidir.
Blum taksonomiyasi 6 ta asosiy kognitiv jarayon toifalarini ajratgan: 
- bilim; 
- tushunish; 
-ilova; 
- analiz (tahlil qilish); 
- sintez (umumlashtirish); 
- baholash; 
O‗qish mahorati, Blum taksonomiyasining ikkinchi darajasiga taalluqli bo‗lib, keyinchalik 
yuqori darajaga ko‗tarilagan, matnni tushunish va mahoratga ega bo‗lish, matnni o‗qish 
ko‗nikmasiga aylanadi. Agar biz kichik maktab yoshidagi o‗quvchilariga ertak o‗qishni misol 
qilib bersak quydagi tushunchalar paydo bo‗ladi. Bizning misolimizda ―Qizil qalpoqcha‖ ertagi. 
Ertak matni oddiy lekin ba‘zi bir joylari kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar uchun 
tushunarsiz. 
Bilish bosqichi. O‗quvchi matnni o‗qiydi. 
Tushunish bosqichi. Oddiy so‗zlarni va harakatlarni tushunish,(olib borish, pishirmoq, 
ahvol so‗rab borish) His tuyg‗ularni tushunish - g‗amxo‗rlik, ma‘suliyat (qizil qalpoqchaning 
onasi buvisi uchun pishriqlar pishiradi), ma‘suliyat (qizil qalpoqcha savatchani buvisiga olib 
borishi kerak) yaxshilik va yomonlikning ma‘nosini tushunish (qutqaruvchilar va bo‗ri)
Matnning asosiy ma‘nosini tushungandan keyingina matn bo‗yicha vaziyatni baholaydi va 
qat‘iy javob bera oladi. 


355 
Shuni ta‘kkidlab o‗tish joizki, kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarning matnni tushunib 
o‗qishi quydagilarga asoslanadi: 
- matnni bilim bosqichida tushunishi; 
- matnning ma‘nosini tushunishi, nima haqidaligi va qanday vaziyat haqida gap ketyapti; 
- matnning yashirin tub ma‘nosini tushunishi; 
- matnni izohlash; 
So‗ngi tushunchalar Blum toksonomiyasining boshqa toifalariga o‗tib, qo‗llash, tahlil 
qilish, sintez va baholash. Shuni ta‘kkidlash joizki, agarda o‗quvchi matnning ma‘nosini 
tushunmasa, boshqa bosqichlarga o‗ta olishi mumkin emas, natijada o‗quvchi matnni tahlil qila 
olmaydi, sodir bo‗lgan voqeaga shaxsiy baho bera olmaydi, shunga muvofiq kichik maktab 
yoshidagi o‗quvchilar jamiyatda o‗z o‗rnini topishga qiynalishi mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling