Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi
Qon va biriktiruvchi to’qima hujayralarining o’zaro munosabati
Download 138.87 Kb.
|
zich biriktiruvchi to’qima morfo funksiyasi-fayllar.org (1)
Qon va biriktiruvchi to’qima hujayralarining o’zaro munosabati
Ichki muhit tuzilmalari bo`lgan qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati bo`yicha bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Sog`lom organizmda ular orasidagi munosabat yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Ba’zi kasalliklarda (masalan, yallig`lanish jarayonida), bu hujayralarning birgalikda faoliyat qilishini aniq ko`rish mumkin. Yallig`lanish - bu to`qi-malarda turli shikastlovchi ta’sirlarga javoban vujudga keladigan himoya jarayonidir. Bu jarayon bir-biridan keskin chegaralanmagan bnr necha bosqichlardan iborat bo`lib, uning har bir bosqichida qon va biriktiruvchi to`qimaning ma’lum bir hujayralari asosiy o`rin tutadi. To`qima jarohatlanganda yoki unga yot zarrachalar (masalan, mikroblar) tushganda dastavval shu joy-dagi qon kapillyarlarining kengayishi va devorining o`tkazuvchanligi oshishi kuzatiladi. Natijada, yallig`lanish maydonida to`qima suyuqligining miqdori keskin oshadi va shish hosil bo`ladi. Yallig`lanish maydonidagi parchalanish mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni jalb qiladi (xemotaksis). Qon kapillyarlari devori orqali chiqqan neytrofil leykotsitlar yallig`la-nish maydoni atrofida to`planadi va leykotsitar valni hosil qiladi. Neytrofil leykotsitlar yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga o`zlari ham ko`p miqdorda yemiriladi. Keyingi bosqichda yallig`lanish maydoni atrofiga ko`p miqdorda monotsitlar va limfotsitlar to`planadi. Monotsitlar makrofaglarga aylanib, yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi. Yallig`lanish maydoni yot zarrachalardan va yemirilgan hujayra qoldiqlaridan tozalangandan so`ng bu yerda qayta tiklanish (regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig`lanish maydonida ko`p miqdorda fibroblastlarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Ular kollagen tolalarini ishlab chiqarib, jarohatlangan joyning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, yallig`lanish jarayonida shartli ravishda ketma-ket keladigan uch bosqichni qayd qilish mumkin: a) leykotsitlar; b) makrofaglar; v) fibroblastlar bosqichlari. Bu jarayonda aytib o`tilgan hujayralardan tashqari to`qima bazofillari, eozinofil va bazofil leykotsitlar ham ishtirok etadi. Ichki muhit tuzilmalarining, ya’ni qon va biriktiruvchi to`qima hujayralarining o`zaro munosabati rangli sxemada keltirilgan (sxemaga qarang). Bu sxema professorlar Q. R. To`xtayev, A. Yu. Yu`ldoshevlar olib borgan ko`p yillik tadqiqotlar asosida tuzilgan bo`lib, ikki asosiy qismdan iborat. Uning birinchi qismida qon hujayralarining taraqqiyoti keltirilgan. Bu yerda qonning o`zak hujayralaridan to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lgunga qadar kechadigan jarayonda (ya’ni, gemopoez jarayonida) bo`ladigan morfologik o`zgarishlar o`z ifodasini topgan. Sxemaning ikkinchi qismi esa to`qimalarga o`tgan qon hujayralarining biriktiruvchi to`qima va epiteliy to`qimasi hujayralari bilan o`zaro munosabatini aks ettiradi. Yot zarrachalar, masalan,. mikroblar, ichki muhitga jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epitslinsi orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post kapillyar venulalar devori orqali leykotsitlar chiqadi.. Ular bazal membranadan o`tib, epiteliy orasiga kirishi va bu yerda yot zarrachalar bilan uchrashishi mumkin. Epiteliy jarohatlanganda yot zarrachalar shilliq qavatning xususiy pardasiga kirishi mumkin. Bu holda qon va biriktnruvchi to`qima hujayralarining himoya vazifasi bevosita shu yerda amalga oshadi. Shunday qilib, organizmda kechadigan yallig`lanish va barcha turli xil himoya reaksiyalarida qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biri bilan uzviy bog`liq holda ishtirok etadi. Download 138.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling