Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi


Retikulyar (to`rsimon) to`qima (textus reticularis)


Download 138.87 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2023
Hajmi138.87 Kb.
#1146020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zich biriktiruvchi to’qima morfo funksiyasi-fayllar.org (1)

Retikulyar (to`rsimon) to`qima (textus reticularis). Bu to`qima retikulyar hujayralar va retikulin tolalardan tashkil topgan. Retikulyar hujayralar o`siqlari bilan birlashib, to`rsimon (reticulum) tuzilmani hosil qiladi. Retikulyar hujayralarga retikulin tolalar zich tegib yotadi. Retikulyar to`qima organizmning turli qismlarida uchraydi. Bu to`qima suyak ko`migi, limfa tuguni va taloqning stromasini hosil qiladi.
Retikulyar to`qimani ichak shilliq qavatida, buyrakda va boshqa organlarda ham uchratish mumkin. Uning asosiy vazifalaridan biri qon shaklli elementlari ishlanib chiqishida maxsus mikromuhit hosil qilishdir. Bu to`qima hosil qilgan qovuzloklarda rivojlanayotgan qon shaklli elementlarining turli hujayralarini uchratish mumkin. Retikulyar to`qimaniig ba’zi hujayralari to`rdan ajrab, erkin retikulyar hujayralarni hosil qiladi. Taloq va limfa tugunining retikulyar to`qimasidan qon yoki limfa doimo o`tib turadi. Shuning uchun bu a’zolarning retikulyar hujayralari yot antigen bilan to`qnashadi va shu antigen to`g`risida limfotsitlarga ma’lumot yetkazib beradi.
Yog’ to`qimasi (textus adiposus). yog` hujayralari biriktiruvchi to`qimaning ma’lum qismlarida to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi. Ikki xil yog` to`qimasi tafovut qilinadi: oq va qo`ngir.
Oq yog` to`qimasi hujayralari yuqorida («yog` hujayralari» ga q.) tasvirlangan tuzilishga ega bo`lib, u yog` to`qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi odamda ilk yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing yon taraflarida) uchraydi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi hujayralari sitoplazmasida mayda yog` tomchilari orasida donador endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, ko`p miqdorda mitoxondriya va glikogen kiritmalari joylashadi. Yog’ hujayralaridagi sitoxromlar yog` to`qimasiga qo`ng`ir tus beradi. Yog’ hujayralaridagi yog` to`plamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g yog` yonganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi. Shunday qilib, suv yetishmaganda yog` suv manbai bo`lib ham xizmat qiladi.
Metabolitik jarayonda qo`ng`ir yog` to`qimasi alohida o`rin tutadi. Uning metabolitik aktivligi oq yog` to`qmasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm soviganda qo`ng`ir yog` to`qimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi. Yog’ to`qimasi mexanik funksiyani ham bajarib, organizmni turli ta’sirlardan saqlaydi (masalan, teri osti yog` kletchatkasi).

Download 138.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling