Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi
Tog’ay to’qimasi (textus cartilagineus)
Download 138.87 Kb.
|
zich biriktiruvchi to’qima morfo funksiyasi-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog`ay to`qimasining hujayra elementlari.
Tog’ay to’qimasi (textus cartilagineus)
Tog`ay to`qimasi biriktiruvchi to`qimaning bir turi bo`lib, tog`ay hujayralaridan va hujayralararo moddadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70-80% suv, 10-15% organik moddalar va 4- 7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid,. glikozaminoglikan va proteoglikanlardan iborat. Oqsillar ichida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin) va nofibrillyar oqsillarni farq qilish mumkin. Tog`ay to`qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan hujayra oraliq moddasining asosiy moddasida bo`ladi. Ular tog`ay to`qimasining fizik-kimyoviy xossalarini (zichligini yoki turgorini) belgilaydi. Tog`ay to`qimasining hujayra elementlari. Tog`ay to`qimasida 2 xil asosiy tog`ay hujayralari: xondrotsitlar va xondroblastlar (yoki xondroblastotsitlar) farq qilinadi. Xondrotsitlar oval yoki yumaloq bo`lib, hujayra yuzasida mikrovorsinkalar tu-tadi. Hujayralar hujayralararo moddadagi maxsus bo`shliqlarda yakka-yakka yoki to`p-to`p bo`lib joylashadn. To`p-to`p bo’lib-joylashgan hujayralar umumiy bo`shliqda yotib bir dona boshlang`ich hujayraning bo`linishi natijasida hosil bo`ladn. Bu to`p hujayralar izogen gruppa deb nomlanadi. Har bir hujayrada bitta yoki ikkita yadrocha tutuvchi yumaloq yadro bo`ladi. Hujayraning sitoplazmasi bir oz bazofil bo`lib, tor halqa shaklida yadro atrofini o`raydi. Hujayra organellari ko`p emas. Rivojlanayotgan tog`ay hujayralar sitoplazmasida ko`p miqdorda mitoxondriyalar, Golji kompleksi va endollazmatik to`r joylashadi. Tog`ay hujayralarini gistoximik usullar bilan o`rganilganda unda glikogen, lipidlar mavjudligini hamda bir qator fermentlarning (ishkoriy fosfataza, lipaza, oksidaza) yuksak aktivligi aniqlangan. Tog`ay hujayralarining ikkinchi turi xondroblastlardyr. Ular tog`ay usti pardasining ostida, tog`ay to`qimasining periferiyasida joylashgan bo`lib, yassilashgan shaklga ega va yakka-yakka bo`lib hujayralararo moddada yotadi. Xondroblastlar xondrotsitlarga nisbatan kengroq sitoplazmaga ega bo`lib, ribonuklein kislotaga boy bo`lganligi sababli sitoplazmasi bazofil bo`yaladi. Elektron mikroskop ostida xondroblast hujayralarida endoplazmatik to`rning parallel membranalari ko`rinadi. Bu holat hujayraning yuqori sintetik faoliyatidan'darak beradi. Sitoplazmada glikogen va mukopolisaxaridlarning katta to`plamlari aniqlanadi. Ba’zan endoplazmatik to`r membranalari hujayra qobig`iga yaqinlashadi. Hujayraning bunday tuzilishi sekret ishlovchi hujayralarga xos-dir. Xondroblastlar takomillashish natijasida xondrotsitlarga aylanadi. Tog`ay ustida qon tomir kapillyarlariga boy bo`lgan biriktiruvchi to`qima yotadi. Qon tomirlar va nerv oxirlari atrofida uzun fibroblast tipidagi hujayralar va kollagen tolalarning tutamlari joylashadi. Bu tuzilma tog`ay usti pardasi - perixondr (yunon. peri -oldi, chondros - tog`ay) deb nomlanadi. Tog`ay to`qimasining oziqlanishi, regsneratsiyasi va ba’zi bir gistoximik xususiyatlari tog`ay usti pardasiga bog`liq. Tog`ay usti pardasida qon tomirlari joylashgan siyrak tolali biriktiruvchi to`qimadan iborat tashqi qavat, o`zida xondroblastlar va ularning boshlang`ich hujayralari bo`lgan prexondroblastlar tutuvchi ichki qavat ajratiladi. Tog`ay usti pardasining bevosita ostida duksimon shaklga ega yosh xondrotsitlar joylashadi. Perixondr tog`ay to`qimasining o`sishida va regeneratsiyasida muhim o`rin tutadi. Bundan tashqari, tog`ayning hujayralararo moddasida qon tomirlar yo`qligi uchun moddalar diffuziya yo`li bilan tog`ay usti pardalaridagi qon tomirlardan boradi. Tog`ay usti pardasi yo`q joyda (bo`g`im tog`aylarida) oziq moddalar sinovial suyuqlikdan diffuziya yo`li bilan kiradi. Tog`ay hujayralararo moddasi kolloid bo`lgani uchun suv va tuz o`tishi osondir. Tog`ay oziqlanishining yomonlashuvi tog`ay hujayralararo moddasida, ayniqsa, gialin tog`ayida Ca++ tuzlarining o`tirishiga olib keladi. Download 138.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling