Zich biriktiruvchi to'qima tarkibida mexaniq elementlar ko'pligi bilan farq qil;adi. Ularning tolalari zich joylashgan bo`ladi. Demak, to'qima mustahkamlikni ta'minlaydi


Pigment to`qimasi (textus pigmentosus)


Download 138.87 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi138.87 Kb.
#1146020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zich biriktiruvchi to’qima morfo funksiyasi-fayllar.org (1)

Pigment to`qimasi (textus pigmentosus). Bu to`qima ko`p miqdorda pigment hujayralarini (melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, yorg`oq xaltada hamda ko`zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
Shilliq to`qima (textus mucosus). Bu to`qima faqatgina embrionlarda uchraydi. Uning hujayralari asosan fibroblastlar bo`lib, asosiy moddada juda ko`p miqdorda gialuron kislotasi uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki shilliqsimon xususiyat beradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy moddada kollagen tolalarining miqdori oshadi va shilliq to`qima siyrak tolali biriktiruvchi to`qima shaklini ola boshlaydi.
Biriktiruvchi to’qimaning yoshga qarab o’zgarishi
Biriktirurchi to`qimada yoshning o`tib borishi bilan asta-sekin hujayra elementlarining kamayishi kuzatiladi. Asosan fibro blast hujayralari kamayishi natijasida ma’lum darajada aso-siy modda ham kamayadi. Yosh biriktiruvchi to`qima asosiy moddaga boy bo`lib, tolalar kam bo`ladi. Funktsional aktiv hujayra elementlarining bo`lishi biriktiruvchi to`qimada moddalar al-mashinuvining yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Yosh o`tishi bilan biriktiruvchi to`qima glikozaminoglikanlarining tarkibiy qismlari ham o`zgaradi. Gialuron kislota kamayib, xondriotinsulfat va uning efirlari oshadi. Sulfatlangan polianionlar oshishi uning qon plazmasining beta-lipoproteid fraksiyasi bilan erimaydigan komplekslar hosil qilishiga olib keladi. Bu esa qon tomir devorida ateromatoz tanachalar hosil bo`lishiga va ateroskleroz kasalligining rivojlanishiga sabab bo`ladi. Xondriotinsulfatning ko`payishi uning kaltsiy tuzlari bilan bog`lanishini kuchaytirib, bu jarayonlar organizm qarishi bilan parallel kechadi.
Shunday qilib, yosh ulg`ayishi bilan biriktiruvchi to`qimaning tolalari ko`payib, hujayra elementlari kamayadi. Bu jarayon shunchalik sezilarliki, ko`pchilik mualliflar a’zolarning yosh ulg`ayishi bilan sklerozga uchrashini e’tirof etadilar. Bu esa a’zolarning biriktiruvchi to`qima orqali oziqlanishini buzilishga olib keladi.

Download 138.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling