komitеti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri
kеldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama
shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan
buyon Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat
ko’rsatib, 1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST)
dеb yuritiluvchi
xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo
aylanmasining 4
5 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy
darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protеktsionizmga qarshi turadi, milliy
manfaatlarni o’zaro kеlishtirishga yordam bеradi.
Uning faoliyati savdoda
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz chеklashlarni aniqlashda tеng asosda
maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST
faoliyatining asosiy shakli
qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish
hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul
qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab
qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu
valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF,
XTRB,
Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT),
Xalqaro
rivojlanish uyushmasi (XRU),
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu
kabilar doirasida amalga oshiriladi.
«Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi
yetakchi mamlakatlar (AQSH, Yaponiya,
Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya,
Buyuk
Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kеngashi bu sohada muhim rol o’ynaydi.
Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007 yilda jahondagi barcha mamlakatlar
YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval).
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov
balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama
to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo
mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini
hal qilish uchun krеdit
bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: