Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet26/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tayanch tushunchalar
Urg‘u - so‘z, sintagma yoki gapdagi supursegment elementlardan biri.
Sintagma urg‘u - nutq oqimining ma'no jihatidan muhim boTgan qis- mini (sintagmani) alohida ta'kidlash, ajratish uchun qoTlanadigan urg‘u.
Logik urg‘u - tinglovchining e'tiborini gap boTaklaridan biriga alo- hida jalb etish uchun qoTlanadigan urg‘u.
Emfatik urg‘u - (emotsional urg‘u) so‘z ma'nosi bilan birga, so‘zlovchining his-hayajonini, voqelikka boTgan sub'ektiv munosaba- tini ifodalash.
Pauza - nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar.
-65-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o‘qishda so‘z urg‘usining qanday ahamiyati bor?
2. Sintagma urg‘usining o‘ziga xos xususiyatini izohlang.
3. Matndagi mantiqiy urg‘u olgan so‘z qanday aniqlanadi?
4. Emfatik urg‘u deganda nimani tushunasiz?
5. Logik urg‘u bilan emfatik urg‘uning qanday farqi bor?
6. Odatda, matnning qaysi o'rinlarida pauza bo'lishi lozim?
7. Og‘zaki nutqda grammatik pauzaning qanday ahamiyati bor?
8. Tinish belgilaridagi pauzaning bir-biridan farqi bormi?
9. Mantiqiy pauza deganda nimani tushunasiz?
10. Psixologik pauzaning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
1. HJamolxonov. 0‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009.
2. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunov. Ifodali o'qish asoslari. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1978.
3. Nizomiddin Mahmudov. 0‘qituvchi nutqi madaniyati. - Tosh- kent: Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri- yoti. 2007
INTONATSIYA, TEMP VA RITM - IFODALI
0‘QISHNING ASOSIY VOSITALARI SIFATIDA

Reja
1. Intonatsiya va intonatsion vositalar.
2. Ritm. She'riyatda ritm turlari.
3. Temp. Nutq tempini belgilovchi vositalar.
Qadimgi dunyoning mashhur so‘z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq ja- rayonida ohang eng muhim va eng ta'sirchan vosita ekanligini ta'kidlab bunday deydi: “... Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchi- laming e’tiborlarini o‘ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko'ngil qolmaydigan huzurbaxsh boTsin”1.
1 Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarjimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 282-bet.
-66-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu ma'noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi boMib, in- son hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg'ular, nozik kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin.
Nutq jarayonidagi fikr-tuyg‘ular, maqsad va intilishlar, his-hayajon- lar boshqalarga ovoz tovlanishlari orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovla- nishlari (ovoz o'zgarishi) intonatsiya deyiladi.
Badiiy asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she'riy asar- larda misralaming joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar mazmuni, muallif maqsadi, fikr-tuyg‘usi va kayfiyatidan tabiiy ra- vishda kclib chiqadi. Asar g'oyasini tushunishda intonatsiyaning o‘mi, ayniqsa, dramatik asarlarda o‘ziga xosiik kasb etadi. Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g'azab, ta’kid kabi turli his-tuyg‘ularni ifodalaydigan ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi va shoirlar ko‘pincha nutqning emotsional ta'sirchanligini yanada os- hirish uchun xitob, undov va so'roq mazmunini ifodalaydigan intonat- sion-sintaktik gap qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bun- day nutq emotsional-ritorik intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli nutqda qo‘yilgan so'roqlarga notiqning o‘zi javob bersa, badiiy nutqda emotsional-ritorik so‘roqlarga hech kim javob bermaydi. Shoir ritorik so‘roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish uchun foy- dalanadi. Bu turdagi asarlami ifodali o‘qish ijrochidan puxta tayyorgar- lik va aktyo‘rlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltiril- gan doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin namunasidir:
Nazml
Johil olomonga Qaradiyu oh chekib, 0‘zni otdi tik maydonga Yoqasini chok etib. Faryod qildi:
“Ne vahshat bu?!
> -67-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bas, xaloyiq!
Qotillikni to‘xtat, hindu,
G'azotni qo‘y, musulmon!
Hind, musulmon -
Birodarmiz,
Farzand Odam Atoga!
Haq oldida
barobarmiz,
Ayting,
Ne bor nizoga?!
Xunrezlik qil demagan-ku, na Vedayu, na Qur'on!
Tig‘ uradi
nega hindu,
Bosh kesadi
musulmon?
(Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”)
Parchadagi Qotillibii to ‘xtat, hindu! Haq oldida barobarmiz, Ayting ne bor nizoga?! Tig' uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? kabi undov va so'roq gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi.
Shuning uchun ham ushbu misralami ifodali o‘qiyotganda bo‘layotgan xunrczliklarga kuchli taassuf, afsus va nadomat ohanglari sezilib turishi lozim.
Badiiy asarda syujet voqealari, personajlaming mhiy holatlari o‘zgarib, goh osoyishta, goh jo'shqin bo'lib turgani uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo'lgan mazmunga qarab turlanib tu- radi. Bayon ohangining o'zgarib turishini ta'kidlaydigan bunday vosi- talarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik xitob kabi stilistik usullar kiradi.
Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri inversiyadir. Inversiya lotincha so‘z bo'lib, joyni almashtirish degan ma'noni bildiradi. Inversiya - nutq boMaklarining grammatik normadan tashqari holatda qoMlanishiga asoslangan stilistik usullardan biri hisoblanadi. 0‘zbek tili stilistikasi qoidalariga binoan, ega sos- -68-
www.ziyouz.com kutubxonasi
tavi jumlaning boshida, kesim sostavi esa, oxirida kelishi lozim. Ammo ba'zi hollarda muallif ma’lum so'zlarni ta'kidlash va ular- ning ta'sirchanligini oshirish niyatida nutqda so‘zlarning grammatik qoidaga muvofiq bo'lgan o‘rnini ataylab almashtirib qo'llaydi. Shu ma'noda, ta'kidlanmoqchi boMgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish va asar ta'sirchanligini osbirishda inversiyaning ahami- yati kattadir. Masalan:
Seni deb etaging tutdim men endi,
Boshqaning bahridan o'tdim men endi,
Sen na yoMda boMsang, ketdim men endi,
Sening bilan vatan etdim men endi.
(“Ravshan” dostonidan) Keltirilgan misralaming odatdagi tartibi quyidagicha boMishi lozim edi:
Men endi seni deb etaging(ni) tutdim.
Men endi boshqaning bahridan o'tdim.
Men endi sen na (qaysi) yoMda bo'lsang, (o‘sha yoMdan) ketdim. Men endi sen bilan bir vatan etdim.
She'riyatdagi bu usul tasodifiy boMmasdan, balki shoiming asar g'oyasini yorqin aks ettirish niyati bilan, shuningdek, qofiya, radif, turoq, vazn talabi bilan ham chambarchas bogMiqdir.
Takror san’ati ham intonatsiyani yuzaga keltiruvchi badiiy vosita- lardan biridir. Badiiy asarda bir so‘z yoki bir necha so‘z, ba'zan esa, butun bir satr takrorlanadi. Bu usul maMum bir fikr va tuyg‘uni yorqin ifodalash bilan birga, ta'simi kuchaytirish va intonatsiyani bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan:

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling