Ziyoda masharipova
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
o. JS E 'S £ P
o O 2 8 Q O) - Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim? Anvar yana o‘sha so'zini takrorladi. Qobilboy, endi bir oz orqasiga tisarilib, ko'zini katta ochdi va bir necha vaqt qotib turdi... 1 0‘lmas Umarbekov. Oltin yaproqlar. - Toshkent: 1970, 194-bet. - Hasanboy Jamolxonov. 0‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent: Fan, 2009. 171-bet. • -78- www.ziyouz.com kutubxonasi -- . § « - Siz nima qilmoqchisiz, uka. 0‘z oyog‘ingiz bilan... Yo‘q, bu CQ . h « bo'lmagan gap! Balki bu - xonning unga po'pisasidir, shu hiyla bi- B lan maqsadga erishmoqchidir... Qo'ying bu gapni, uka, qo'ying!.. H cO "5 o- Anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib, sandal us- £ 2 tidagi qog'ozni og‘asi yaqinrog'iga surib qo'ydi... (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”) Nutq sur'atining tezlashishi yoki sekinlashishi, so‘roq va undov shakllarining kiritilishi badiiy nutq ruhini o'zgartirib turadi, so‘zning ma'nosi bilan bog‘Iiq holda, uning ifodaviyligini kuchaytiradi. Dialogik nutqda temp personajlaming xarakter xususiyatlaridan keiib chiqadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” ro- manidan olingan quyidagi parchada Xudoyorxonning nutqi shiddatli, g'azabkor, yuqori tempda, mirzo Anvaming so‘zlari esa, ancha bosiq va pastroq tempda 0‘qiladi: - Sen bizga xiyonat qilding, it uvli! Anvar bosh irg‘atdi. - Iqrorman. - Tuzumni unutding*! -Tonmayman! - Iqrorsan, tonmaysan, o'bdon ish! - dedi zaharxanda qilib xon, - o'luvdan ham qaytmaysan! - Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! - dedi iljayib Anvar, - o'zimni oiimga berib, bir gunohsizni qutqarish uchun kelganman! Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi. - Pusulmonchilik qig‘onsan-da! - Albatta! - dedi Anvar, - boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonchilik bilan o‘lishni o‘bdan bildim! Bu javob Xudoyomi qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko'rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi. -79- www.ziyouz.com kutubxonasi - Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?! - Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmoq- chi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblai olam! - Chiqar buni, jallod!!! Jallodlar harakatlandilar. Demak, temp qahramonlaming ichki kechinmalari, his-hayajon, vo- qealar rivojining keskinligi darajasiga ko‘ra o‘zgarib turadi. She'riy asarlarda tempning tezlashishi, ko‘tarilishi yoki pasayishi band tuzilishi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, xalq dostonlaridagi yetti hijoli bandlar tezlik talab etilgan o‘rinlarda ishlatiladi. Qahramonlar-
ko‘pincha voqea holatini, qahramon xatti-harakati tempini ifodalaydi. Qisqa vaznli she'rlar tezlikni ifodalasa, 11, 12, 13 hijoli uzun vaznli she'rlar harakatning tinch va ohistaligini ifodalaydi. Bekaslar uchrasa, tumshuq turmagin, - 11 Hajv aylab zinhor labing bunnagin, - 11 Oting o‘ynoqlasa, ketma o‘zingdan, - 11 Kuchim bor deb kuchsizlami unnagin. - 11 (“Ravshan) Yuqorida keltirilgan yetti bo‘g‘inli she'riy parchani og'zaki ijro qil- ganda o'qish tempi (sur’ati) tezlashadi, keyingi o‘n bir bo‘g‘inli, didak- tik mhdagi she'riy parchada esa, o'qish sur'ati nisbatan sekinlashadi. Shunday qilib, nutq tempi gapning ma'no jihatdan turlari, asar mazmu- ni, band tuzilishi va muallif maqsadiga ko‘ra ba'zan tezlashib, ba’zan esa pasayib, o‘zgarib turadi. Ifodali o'qishga kirishishdan oldin, muayyan asar matnini o‘rganib chiqish, uning temp va ritmini aniqlash lozim. Shundagina temp va ritm -80- www.ziyouz.com kutubxonasi asaming g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning ta'sirchanligini kuchaytiradi. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling