Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet32/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tayanch tushunchalar
Intonatsiya - og'zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz tovlanishlari
Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi - ko‘tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi - emotsional gaplarga xos ohang.
Temp - nutq oqimining sur’ati, tezlik darajasi.
Nutq ritmi - urg‘uli va urg'usiz bo‘g‘inlaming qoilanilishida, ulardagi unlilaming cho'zish va qisqa talafliiz etilishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud boiishi.
Savol va topshiriqlar
1. Sitseronning ritm haqidagi fikrini izohlang.
2. Ritm deganda nimani tushunasiz?
3. Ritmning turlari haqida nima deya olasiz?
4. Sitseron ritmning paydo boiish tarixini kimlaming faoliyati bilan bogiaydi?
5. Nasriy asarlarda ham ritm mayjudmi?
6. Temp nima? 0‘qish tempi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq tempini belgilashda nimalarga e’tibor berish lozim?
Adabiyotlar:
1. Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taiji- masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
2. Q.Oripov, M.Obidova. Ifodali o‘qish. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1994.
3. 0‘.Umarbekov. Oltin yaproqlar. -Toshkent: 1970.
4. HJamolxonov. 0‘zbek tilining nazariy fonetikasi. - Toshkent: Fan. 2009.
-81 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
IFODALI 0‘QISHDA YUZIFODASI
VA HARAKAT
Reja

1. Ifodali o‘qishda yuz ifodasi.
2. Ijrochining o‘zi o‘qiyotgan voqealarga munosabati.
3. Ifodali o‘qishda ko‘z, qosh, qo‘l va bosh harakatlari.
4. Ifodali o‘qishda ijroning ahamiyati.
Ifodali o'qishda notiqning ovozi bilan bir qatorda, uning tashqi ko'rinishi - bo‘y-basti, qiyofasi, yuz ifodasi, so'zlash jarayonidagi xatti-harakatlari ham juda muhim ahamiyatga ega.
“O'qituvchi o‘rganilayotgan mavzu va material o‘quvchilarga toia yetib borishi, ulaming xulqiga ta’sir etishini ko‘zda tutgan holda ayti- layotganlarga mos harakatlar ham qiladi: ko‘z, qosh, qo‘l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkomi yoki mamnunlikni va hokazolami ifodalashi mumkin. Harakat o‘z o'mida bo‘lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. Ammo hadeb o‘rinli-o‘rinsiz harakatlar qila berish o‘quvchini zeriktiradi”1. Darhaqiqat, notiqning boshqalami ishontirish va to‘lqinlantirish uchun so‘zlagan nutqi, av- valo, uning o‘zini ko‘proq to'lqinlantirishi kerak.
Bu haqda Mark Tulliy Sitseron nihoyatda obrazli bir fikr bildirgan: “... agar sen hakamga o‘zingdagi g‘am-anduh belgilarini so‘zlar, fikrlar, ovoz, yuz ifodasi va nihoyat ho‘ngrab yigTash orqali izhor etmasang, uning hamdard boTishiga erishish mumkin emas. Ulovsiz o‘z-o‘zidan yonib ketadigan yoqilgT yo‘q; agar sen o‘zing huzurida yonib va alan- galanib turmasang, shunday bir aql yo‘qki, u sening nutqingdan yonib ketadigan boTsa”2.
Sitseron notiqning fidoyiligi, aktyo‘rlik mahorati haqida fikr- mulohaza yuritar ekan, o‘z kuzatishlaridan kelib chiqib, shunday bir voqeani misol keltiradi: “Uni tashlab o ‘zing Salaminga kirishga jur'at qildingmi? Yana otang yuziga qaraysanmi? Ushbu “yuziga” so‘zini u shunday aytar ediki, har safar buni eshitganimda, ko‘zimga
' TQudratov. Nutq madaniyati asoslari. - Toshkent: 0‘qituvchi, 1993, 28-bet.
- Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola iUrfon Otajon taijimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 193-194-bet.
-82 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
g'azablangan va o'g'lini deb, g‘amginlikdan o'zini yo‘qotgan Telamon ko'rinib ketardi. Ana shu aktyo‘r o‘z ovozini mahzunlikka almashtirganida:

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling