Ziyoda masharipova
Mashq. Quyidagi matnni ifodali o'qing. 0‘qish davomida ko‘z, yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e'tibor bering. Zolning tug‘ilgani
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
Mashq. Quyidagi matnni ifodali o'qing. 0‘qish davomida ko‘z, yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e'tibor bering.
Zolning tug‘ilgani Qadim zamonlami etib namoyon, So‘zlab beray endi ajib bir doston. Somga qanday o‘yun ko'rsatdi falak, So'zlab beray quloq sol, o‘g‘lim, andak. Farzandsizlikdan ko‘p azob chekib Som, Dard chekib, diliga istardi orom. Shabistonida bor erdi nigori, Yonog‘i gulbargu mushkinmo'y yori. 1 Katul Kvint Lutatsiy - konsul. 102 yili “Notiq haqida" dialogi qatnashchilaridan biri. ’ Grakx Gay Semproniy - mashhurnotiq(154-121). Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taijimasi). — T.: Yangi asr avlodi, 2007, 320-bet. -87- www.ziyouz.com kutubxonasi Fatzand otzu qilar erdi shul oydan, Yurak arzandasi xutshid chiroydan. Ayolning ham Somdan yuki bor edi, Bu yukdan joniga ko‘p ozor edi. Chaqaloq tug‘ildi oxir onadan, Quyoshdek nur sochar yotgan xonadan. Husnda, chiroyda olam ichra toq, Ammo bir aybi bor, sochlari oppoq. Bunday oq soch bola kelgan olamga, Hafta o‘tdi, hech kim aytolmas Somga. Ayollar g‘uj-g‘uj Som shabistonida, Go‘dakka boqishar, hadik jonida. “Jufti halolingdan tug‘ilmish, deb chol” Somga aytmoqqa yo‘q kimsada majol. Doyalar ichida bitta kanizak Bor erdi, hayiqmas, botir, sher yurak. Bu mujdani Somga yetkazdi o‘sha, Lab ochib ofarin deb qo‘sha-qo‘sha. So‘ng dedi: “Som baxti ochilib kulsin, Hasadchilar dili yorilib o‘lsin. Yazdon istagingni ayladi bajo, Orzuying ushaldi, dil topmish davo. Pushti kamaringdan, ayo, hojatmand, Tug‘ildi oy yuzli pokiza farzand. -88- www.ziyouz.com kutubxonasi Pahlavondek bola botir va sherdil, Halitdan u arslon nigohli o‘g‘il. Tana nuqra misol, yuzi bir jannat, Birorta xunuklik topilmas, faqat. Faqat oq soch bilan tug‘ilmish bola, Ne derdik tangriga bu ish havola. Xudo bergani shu, shukr qil, shukr, Olmasin dildan joy hech yomon fikr!” Taxtidan ohista tushiu 'uuiii Som, Yor yoniga kirib bordi shul hangom. Keksa o‘g‘lin ko‘rdi, sochlari oppoq, Na ko‘z ko‘rgan ish bu, na tuygan quloq. Tanda butun mo‘yi oppoq misli qor, Chiroyi barq urar misoli bahor. Farzandini ko'rgach, choldek mo‘ysafid, Jahondan bir yo‘la uzildi umid. Mardum ta'nasidan tap tortib qoldi, Avzoyi o‘zgardi, xayolga toldi. Qulochin osmonga yozib Som faqir, Yaratganga nido qilardi haqir. “Ey to‘g‘ri-egridan baland xudoyim, Yaxshilik tug‘ilar ra'yingdan doim. Agar qilgan boTsam men og‘ir gunoh, Devlarga ergashgan boTsam gar, e voh, -89- www.ziyouz.com kutubxonasi Karamli tangridan kutardim karam, Qilmayin oshikor kechirar egam. Bu sharmandalikdan siqilib jonim, Uyatdan tanamda qaynaydi qonim. Bu bola misoli kichik Ahriman, Ko'zlari qora-yu, sochlari suman. Botirlar bul tomon yo‘l olib agar, Badnishon bolani ko‘rib qolsalar, Ne derman, desalar: “Bu qanday bola? Parimi, yoMbarsmi, nechun bu ola?” Bu bola deb mendan oshkoru nihon Kulajak kiborlar, amiru sulton. Bu isnoddan tashlab ketay Eronni, Yurtimdan begona kezay jahonni!” Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling