Ziyoda masharipova
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- LIRIK TURDAGIASARLARNI IFODALI 0‘QISH Reja
Tayanch tushunchalar
Ifodali o‘qishda yuz ifodasi. Ijrochining voqealarga munosabati. Demokrit - (V asming ikkinchi yarmi) mashhur yunon faylasufi. Platon (Aflotun) (429-348) - mashhur yunon faylasufi. Savol va topshiriqlar 1. Sitseronning notiqlik mahorati haqida fikrlarini izohlang. 2. Asar ruhini his qilish, qahramonlar holatiga kirish deganda ni- mani tushunasiz? - 3. Ifodali o'qishda yuz ifodasi, bosh va qo‘l harakatlarining qanday ahamiyati bor? 4. Hissiyot bilan so‘zlash yoxud hissiyot bilan o‘qish deganda ni- mani tushunasiz? 5. “Ijro - so'zning tanho hukmdoridir” degan fikmi izohlang. -90- www.ziyouz.com kutubxonasi 6. Suxandonlikda eng muhim narsa nima? degan savolga Demosfen qanday javob bergan? 7. “Shohnoma”dan olingan Zolning tug'ilishi haqidagi hikoyat sizda qanday taassurot uyg‘otdi? 8. Bu voqealarga muallifning munosabati qanday, sizning-chi? Adabiyotlar 1. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1993. 2. Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarji- masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007. 3. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. // Asarlar. 0‘n besh to'mlik. 12 to‘m. -Toshkent: Fan, 1966. 4. Firdavsiy. Shohnoma (forsiydan Shoislom Shomuhamedov tar- jimasi). Birinchi kitob. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1975. LIRIK TURDAGIASARLARNI IFODALI 0‘QISH Reja 1. Lirik turdagi asarlami ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Barmoq vaznidagi she'rlami ifodali o‘qish. 3. Erkin vazndagi she’rlaming o'ziga xos jihatlari. Lirik turdagi asarlar, odatda, kichik hajmli bo‘lib, biror voqea-hodi- sa ta'sirida insonda tug‘ilgan mhiy kechinma, fikr va tuyg'ular orqali hayotni aks ettiradi. Shoir lirikada ayrim shaxsning bevosita hayotiy kechinmasini beradi, bu bilan lirik asarda xarakter va kechinmani in- dividuallashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ijodkor lirik asarda faqat o‘z fikri, his-tuyg‘ularinigina emas, balki umuminsoniy lipik kechinma- lami ham ifodalaydi. Demak, shoir voqeylikni ilg‘or ijtimoiy ideallar nuri bilan yoritadigan kechinmalar, fikr-tuyg‘ularini tarannum etadi, natijada kichik lirik asar katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. She'riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati bo‘lib, u kishining his- tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta'sirli ifodalashda qo‘l keladi. She’riy - 91 - www.ziyouz.com kutubxonasi nutq mana shu xususiyati bilan ham nasriy nutqdan farq qiladi. Nasr nisbatan tinch-osoyishta nutq bo'lsa, she'r - hayajonli, to‘lqinli va ehtirosli nutqdir. Zero, she'r oddiy holatni emas, favqulodda holatni, qattiq hissiyotni, hayajonli tafakkumi ifoda etadi. Erkin Vohidovning “0‘zbekiston” she'ri lirik tur haqida aytilgan fikr-mulohazalarimizning yorqin dalilidir. Yurtim, Seni yana oldim qalamga, To‘ying, shodiyonang bahona boTib. Yana kelib qo'nding tonggi misramga, Falak nisor etgan durdona boTib. Iqbol peshonamga bitgan oshiyonim - 0‘zbekistonim. Toleim bor ekan, Senga hamnafas. Otashin quyoshing bilan yo‘g‘riIdim. Yuz yil awal emas, yuz yil so‘ng emas, Tug'yonli asrda senda tugTldim. Gullar sochding men ilk bosgan qadamga, BagTing menga nurii koshona boTib. Jahon ichra mening tengsiz jahonim - 0‘zbekistonim. Vahshat vodiysida kechdi asrlar, Aljabr ustodin tuqquncha yering. Ilming yuksalguncha Bemniy qadar, To Alisher qadar yetguncha she'ring, Hayratga solguncha fan olamini, Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar... Tebransa ne ajab Toshkent zamini, Bu yerga ko'milgan milliard kitoblar. Farangu hindu chin, iroq, ajamga Taralding Al-Qonun, Saydona boTib. Buyuklar tan bergan buyuk dostonim - 0‘zbekistonim. -92- www.ziyouz.com kutubxonasi Yuksak ehtiros bilan bitilgan ushbu misralar ona-Vatanga cheksiz mehru muhabbatning badiiy ifodasi sifatida yuzaga kelgan. Yurtimizning o‘tmishi va buguni, jahonni lol qoldirgan mutafakkir o'g'lonlari shoir- ni hayajonga soladi, unda iftixor tuyg'ularini uyg'otadi, shu quyoshli oMkaning farzandi ekanligidan faxrlanadi. She'mi o'rganib chiqqan o'quvchi ham xuddi shoir kabi hayajonlanadi, yurtsevarlik tuyg'usini yana bir marta boshdan kechiradi. Lirik tuming barcha janrlarida inson hayoti, muhabbati va nafrati, sevinch va iztirobi o'zining badiiy ifodasini topadi. Zero, har qanday badiiy asaming markazida inson va uning hayoti, kurashi, jamiyat va tabiat hodisalariga munosabati asosiy ob'ekt bo'lib turadi. Insonning xilma-xil hayot hodisalariga munosabatidan rang-barang lirik Iavhalar bunyodga keladi. She'riy asaming g'oyaviy mazmunini, lirik qahramonning ichki hissiyotlarini tinglovchiga to'la yetkazishda ifodali o‘qish muhim ro‘l o‘ynaydi. Shu boisdan ham har bir talaba ijrochilik mahoratini, ifoda- li o'qishning o‘ziga xos xususiyatlarini mukammal o‘rganishi lozim. Har qanday asami ifodali o‘qish uning janr xususiyatlari va kompo- zitsion tuzilishiga ko‘ra belgilanadi. Xususan, lirik turdagi asarlami ifodali o'qishga kirishishdan oldin, uning g‘oyaviy mazmuni va ba- diiy xususiyatlarini atrofiicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Og'zaki ijrochi she'rni qalban his qilib, tushunib o'qisagina, eshituv- chini zavqlantira oladi. XV asming mashhur so‘z ustasi Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvat- nomai sultoniy...” asarida she'r o‘qishning o‘ziga xos qonun, qoidasi haqida fikr yuritib shunday deydi: “Agar she'rxonlik odobi nechta, deb so'rasalar, oltita deb aytgil: birinchidan, she'mi ohang bilan o'qisin, ikkinchidan, she'mi odamlar qalbiga joylay olsin. Uchinchidan, agar biror mushkul (tushunilishi og‘ir) bayt bo‘lsa, yig'ilganlarga uni sharh- lab, mazmunini izohlab bersin. To‘rtinchidan, eshituvchiga malol ke- ladigan ish qilmasin. Beshinchidan, gadoylik qilmasin, mubolag'ali qasamlar ichmasin. Oltinchidan, o'qigan she'rining muallifini mara- ka oxiri yoki boshida tilga olib, duo qilsin”1. Husayn Voiz Koshifiy- ning ushbu o‘gitlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo'qotmagan. 1 Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardiik tariqati (fors-tojik tilidan Najmiddin Komilov tarjimasi). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994. 57-82-betlar. -93- www.ziyouz.com kutubxonasi She'rxonlik odobi haqidagi mazkur qoidalar har bir talaba uchun dastu- rulamal boMib xizmat qilishi lozim. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling