Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet33/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Farzandsiz qariyaning
Bag'rini qon qilding, ezding, qiynading!
Akangning vafoti,
Ishonib topshirilgan go ‘dagining Qismati senga hech, -
Ushbu so‘zlarni aytayotganida, u ham yig‘laganday, ham ich-ich- idan dard chekayotganday bo'lib tuyular edi. Shunday qilib, aktyo‘r har kuni shu rolni ijro etayotganida g‘amsiz, dardsiz o'ynay olmasa, nahotki siz Pakuviy (asar mualliti) uni yozayotib xotirjam va loqayd bo'lgan, deb o‘ylaysiz? Bu mutlaqo mumkin emas. Men ko‘p marta eshitgan edim, hech kim, dilidan yonmagunicha va qandaydir ilhomsiz yaxshi shoir boMolmaydi. Aytishlaricha, Demokrit va Platonning kito- blarida shunday deb yozilgan”1.
Buyuk notiqning (Sitseronning) san'at asarlarini yaratish va ulami ijro qilish mashaqqatlari haqidagi ushbu mulohazalari shu qadar teran, shu qadar hayotiyki, bu fikrlar go‘yo ikki ming yillar oldin emas, xuddi yaqindagina aytilganidek. Haqiqatan ham, hech bir ijodkor o‘z asarini loqayd yoki xotirjam holda yarata olmaydi. Muayyan asar to nihoya- siga yetguncha, ijodkor voqealar oqimida o‘z qahramonlari bilan birga kurashadi, ulaming shodligidan quvonib, qayg'usidan iztirob chekadi. Bu holatni ba'zida so‘z san'atkorlarining o'zlari ham asarlari tarkibida lirik chekinish tarzida qayd qilib o‘tishadi. Masalan, Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini tugallar ekan:
So‘ngin nechakim uzottim oxir,
YigMay-yigMay tugattim oxir, -
deb o‘sha paytdagi ruhiy ahvolini bayon etadi. Yoki Pushkinning ko‘pgina ertaklarida qahramonlar murod-maqsadlariga yetib, voqealar to‘y bilan tugallanganida shoir shunday misralami qistirib o‘tadi: To‘yda men ham bor edim,
Sharob ichdim, bol yedim.
1 Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taijimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 193-194-betlar.
-83-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endi ayting-chi, Navoiy yig‘lab-yig‘lab tugatgan anduh to‘la dosto- ni yoki Pushkinning samimiy yumor bilan sug‘orilgan ertaklarini hech qanday his-tuyg‘usiz, ta'sirlanmasdan, beparvolik va loqaydlik bilan o‘qib boiadimi? Fahm-farosati joyida boigan har qanday odam badiiy asaming dillami toiqinlantiruvchi jozibasidan ta'sirlanadi. Mana shu ta'sirlanish og‘zaki ijro - ifodali o'qish jarayonida namoyon boiishi lozim. Aniqroq qilib aytganda, ijrochining o‘zi o'qiyotgan voqealarga munosabatini yuz ifodasi, ovozi, ko‘z qarashlari, bosh va qoi harakat- lari orqali aks ettirib turishi lozim.
Masalan, qayg‘uli yoki musibatli lavhalarini o‘qiyotganda ijrochi yuzida g‘am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, yoki ak- sincha, xursandlik tasvirlangan o‘rinlami yuzda shodlik ifodasi, ovoz- da ishonch va qat'iyat ohanglari bilan o‘qish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, har qanday badiiy asami ifodali o‘qishga kirishgan ijrochida birozgina bo'lsa ham, aktyo'rlik mahorati bo'lishi zamr. Zero, asarda ishtirok etuvchilaming xarakter xususiyatlari, ichki kechinmalarini og'zaki ijroda aks ettirish uchun asaming umumiy ruhi- ni his qilish bilan bir qatorda, qahramonlar holatiga kirish ham talab etiladi. Qahramonlar holatiga kirishda esa, ikki narsa juda muhimdir: bulardan birinchisi - ovoz'.
Ifodali o‘qishda ovoz shunday boMishi kerakki, g‘azabli joylarda tarang, keskin, shiddatkor, sokin o‘rinlarda muloyim, his-hay- ajonli lavhalarda esa, ehtirosli, titroq holda o‘zgarib tursin. Asar mazmunidan kelib chiqqan holda, ovozning past, baland yoki o‘rtacha ohangda tovlanib turishi asar mohiyatini tushunish, ta'sirchanligini os- hirish barobarida, eshituvchiga cheksiz zavq-shavq ham bag‘ishlaydi.
Ikkinchidan, ifodali o‘qishda og‘zaki ijrochining yuz ifodasi va harakatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ifodali o‘qish davomida harakatlardan shunday foydalanish lozimki, bu harakatlar aytilayotgan fikrlami yanada to‘ldirishga, bo'layotgan voqealami ko‘z oldimizda yorqin jonlantirishga yordam bersin.
Notiq qaddini to‘g‘ri va raso tutishi, yursa - ozgina va ba’zan yurishi, oldinga chiqsa - me'yorida va ba'zida chiqishi, bo'ynini bo‘shashtirmasligi, barmoqlarini o‘ynatmasligi, lozim bo‘lgan o‘rinlarda, qo'llarini cho‘zishi, osoyishta joylarda tushirishi, ba'zan
1 Qo'llanmanmg dastlabki qismlarida ovozhaqidakengroq ma'lumot berilgan. Qarang42-bet.
-84-
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaddini egishi, xullas, asardagi vaziyat va qahramonlar holati bilan uyg‘un ravishda butun tanasini to‘g‘ri idora qila olishi kerak. Shuning- dek, yuz ifodasi, ko‘z qarashlarining o'zgarib turishi, lozim boMganda, ko'zlar mungli, g‘amgin boqishi lozim bo‘lganda, shodlikdan porlashi kabi harakatlar ham ifodali o'qishning samaradorligini belgilaydi.
“... men olim va shonli ustoz sifatida sizlarga o‘git berib aytaman- ki, siz o‘z nutqlaringizda g‘azablanish, achchiqlanishni ham, g'amgin bo‘lishni ham, yig'lashni ham biling”, - deydi Sitseron1.
Demak, notiq o‘zi so'zlayotgan fikrlarga befarq bo'lmasligi hissi- yot bilan so‘zlashi lozim ekan. Buning uchun esa o‘zgalaming dardi, ehtirosi va ruhiy holatini qalban his qila olishi zarur. Shundagina nutq jozibali va nutq mazmuniga uyg‘un harakatlar o'rinli kechadi.
“Majolis un-nafois” asarida ana shunday hissiyot bilan so‘zlab, kishilaming qalbini toMqinlantiruvchi notiqlardan biri Mavlono Ri- yoziy haqida Navoiy shunday yozadi: va’z aytib, minbarda o‘z

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling