Ziyoda masharipova
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir qarasam
- “Hasanxon qanday oglon - sovlaydi alvon-alvon, yagrini yoziq polvon, toza bir bilak arslon".
Anafora ritm. Misralar boshida ma'lum bir so‘z yoki so‘z birikma- larining takrorlanib kelishi anafora ritmim yuzaga keltiradi.
Masalan: Abdulla Oripovning “Bir qarasam...” deb nomlangan she'ri anafora ritmining yorqin namunasidir: Bir qarasam, do‘stu yordan ko'nglim to‘qday, Bir qarasam, atrofimda hech kim yo'qday. Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim, Bir qarasam, ular siniq lolalarim. Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday, Bir qarasam, butun olam menga torday. - 75 - www.ziyouz.com kutubxonasi Bir qarasam, murodimga yetgandayman, Bir qarasam, ko'zim ochiq ketgandayman. Bir qarasam, shon-shuhratga yo'g'rilganman, Bir qarasam, endigina tug'ilganman. She'rda anafora san'atining qo'llanilishi ritmik ohangdorlikni yuza- ga keltirish barobarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini yorqin ifodalashda ham asosiy vosita bo'lgan. Mark Tulliy Sitseron o'zining “Notiq” nomli asarida ritm o‘zi nima? U qachon paydo bo'lgan? degan savollar ustida fikr yuritar ekan, ritmning dastlabki ixtirochisi sifatida Frasimax' va Gorgiy2 nomlarini tilga oladi. Lekin ritmni amaliyotga tadbiq qilib, uni mu- kammallashtirgan kishi Isokrat3 ekanligini ta'kidlaydi: “Kimda- kim Isokratdan hayratlansa, o‘sha odamlar uni tartibsiz nutqqa ritm (usul)larni kiritgan, deb bu xususiyatni uning oliy fazilati sifatida ko‘radilar. Aytishlaricha, u notiqlarni qanchalik ortiqcha jiddiylik bilan, shoirlarni esa qanday huzur bilan eshitayotganlarini ko‘rib ritm (usul)larga murojaat qildi va nutqlarda yoqimlilik uchun ham, har xillik bilan zerikishni yo‘qotish uchun ham ulardan foydalana boshladi”4. To‘g‘ri, Yunonistonda so‘z san'ati, shuningdek, chiroyli nutq so‘zlashni o‘rgatuvchi ritorika ilmi antik davrlardayoq rivujlangan. Badiiy adabiyotni, so‘z san'atini tadqiq qiluvchi “Poetika”, “Ritorika” kabi maxsus asarlaming yaratilishi eramizdan oldingi, qadimgi davrlar- ga borib taqaladi. Lekin shuni ham ta'kidlash lozimki, turkiy xalqlarda so‘z san'atining paydo bo‘lishi, xalq qo‘shiqlari, xalq she'riyatining yuzaga kelishi, ehtimol, undan ham qadimiyroqdir. “Devonu lug‘otit- turk” asarida keltirilgan ko‘plab qo'shiqlar buning yorqin namunasi hi- soblanadi. Masalan: 1 Frasimax Xalkidonlik (eradan old. 430 y) - Afinada falsafa va ritorika o‘qituvchisi. : Gorgiy Leontinlik - mashhur ritor-sofist. 3 Isokrat (436 - 388) - afinalik mashhur notiq; “Fasohat otasi”. 4 Sitseron. Notiqlik san'ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taijimasi). - T.: Yangi asr avlodi, 2007, 381-bet. -76- www.ziyouz.com kutubxonasi Turli chechak yarildi, (7) Barchin yazim qarildi. (7) Uchmoq yari ko'ruldi, (7) Tutlug' yana kalgusuz. (7) Mazmuni: Turli chechaklar ochildi, Yer yuzi ko‘k gilamlarga burkaldi. Jannat yeri ko‘rindi, Sovuq qaytmas bo'lib ketdi. She'rda yetti bo‘g‘inli vazn, qofiya va ritm mavjud. Qofiya va ma'lum oTchov asosidagi ritmning mavjudligi esa, muayyan ohang- dorlik va musiqiylikni yuzaga keltirgan. Binobarin, turkiy adabiyotda xalq she'riyatining paydo boTishi qanchalik qadimiy boTsa, ritmning paydo boTishi ham shunchalik qadimiydir. Ritm haqida gap borar ekan, shunday savol tug'ilishi ham tabiiy: Ritm faqat she'riy asarlargagina xos hodisami? Nasriy asarda ham ritm boTishi mumkinmi? Ha, nasriy asar tilida ham maTum darajada ritm mavjuddir. Lekin nasriy asarlardagi ritm, she'riy asarlardagidan boshqa qonunlar asosida yuzaga keladi. Har qanday nasr ham o'ziga xos ritmga ega bo'ladi. Ritmlar asosiga qurilgan nasr dastlab xalq og‘zaki ijodida paydo boTib, keyinchalik yozma adabiyotga o'tgan. Xalq dostonlari yoki ertaklari tarkibidagi ritmik-sintaktik parallelizmlar asosiga quril- gan lavhalar buning yorqin dalilidir. “Hasanxon qanday o'g'lon? - so'vlaydi alvon-alvon, yag'rini yoziq polvon, toza bir bilak arslon". Bu o‘rinda har bir sajTangan boTak bitta ritmik guruhni tashkil etadi, guruhlar orasida esa, qat'iy vazndoshlik mavjud, ya'ni har bir ritmik boTak yetti hijodan tashkil topgan. Bilga Qoon, Kul Tegin sharafiga qo‘yilgan yodnomalar matni, “0‘g‘uznoma” kabi asarlar ritmli nasr- ning yorqin namunalaridir. 0‘zbek klassik adabiyotida AlisherNavoiyning “Munshaot”, “Mah- bub ul-qulub” kabi nasriy asarlarining ko‘pgina o'rinlari ham ritm asosiga qurilgan. XX asr o‘zbek adabiyotida 0‘lrnas Umarbekovning “Bolgar qo'shiqlari” turkumiga kirgan “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Gayduk qizi”, “Cho'pon Vasil va uning farzandlari”, “Gul vodiysi”, “Ota” kabi asarlari ham ritmli nasming o'ziga xos ko‘rinishidir. -77 - www.ziyouz.com kutubxonasi “Gul vodiysi” asaridan olingan parchani quyidagicha ritmik bo'laklarga ajratish mumkin: “Men tug'ildim go‘zal voha / Gul vodiysi qo'ynida / quloq soling, so‘zlab beray / bu vodiy qissasini / so‘zlab beray, nega bu yurt / Gul vodiysi atalmish”1. Temp. Temp lotincha (tempus) so'zidan olingan bo‘lib, sur'at, daraja, vaqt, tezlik degan ma'nolami bildiradi. Demak, o‘qish tempi deganda o‘qish sur!ati, o'qish tezligi tushuniladi. “Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bun- day vaqt gap bo'laklari, ulaming o‘mi, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta'sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo‘ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzida temp kucha- yadi. So'roq gapda eganing talaffuzidagi tezlik darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo‘ladi, kesim talaffuzidagi tezlik esa nisbatan kamayadi. Buymq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so‘z talaffuzidagi tezlik keskin pasayadi”2. Professor Jamolxonovning fikrlariga asoslangan holda quyida keltirilgan matnning o‘qilish tempini belgilab chiqaylik. ca Q. E Q Qobilboy bu so'zni eshituvchi quloqlariga ishonmagandek, Anvar- ning yaqinrog‘iga surildi. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling