Ziyorat turizmida xalqaro inson resurslari menejmenti
Download 314.25 Kb.
|
Kurs ishi Toxirova N
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..……………….. 42
- KIRISH Kurs ishining dolzabrligi
KIRISH Kurs ishining dolzabrligi: Jahonda so‘nggi o‘n yilliklarda raqamlashtirish, masofaviy ish, ta’lim, onlayn savdo juda keng ko‘lamda taraqqiy etdi. Bu esa raqamli iqtisodiyot tushunchasinining ko‘plab ilmiy, iqtisodiy qo‘llana boshlanishiga sabab bo‘ldi. “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasi birinchi bo‘lib kanadalik moliyachi Don Tapscott tomonidan 1995-yilda o‘zining “Raqamli iqtisodiyot” kitobida ishlatilgan bo‘lib, muallif unda internet va raqamli axborot kelajakda dunyo biznesini o‘zgartirish salohiyatiga ega ekanligini ta’kidlaydi. Oradan bir necha o‘n yil o‘tib, bu o‘z isbotini topdi va hozir insonlar hayotini, ishini internet va raqamli axborotlar, raqamli tizimsiz tasavvur eta olmaydi. Bu ayniqsa, 2019 yilda bo‘lib o‘tgan Covid-19 global pandemiyasida yaqqol o‘z aksini topdi. Buni 2019 – 2021yillar davomida dunyodagi mashur savdo platformalaridagi savdo hajmining keskin oshishida ko‘rish mumkin. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning jadala sur’atlarda o‘sishi xalaqaro mehnat bozoriga ham o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Hozirda, IT dasturchilar, marketolog, yurist, tahlichi, buxgalter va boshqa ko‘plab kasb egalari o‘z uyida o‘tirgan holda yoki mamlakatidan chiqmasdan, boshqa davlatlar kompaniyalari uchun onlayn xizmat ko‘rsatmoqda va yaxshi daromadga ega bo‘lyapti. Bu ham mehnat bozori integratsiyalashuv jarayonini tezlashishida asosiy omillardan biri sifatida xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilg‘or g‘arb mamlakatlari kabi hali yuqori cho‘qqilar zabt etilmagan bo‘lsa-da, bu borada sezilarli islohotlar olib borilayotgani tan olinishi kerak bo‘lgan haqiqatdir va bu yaqin yillarda o‘z mevasini berishi xalqaro tajribadan ma’lum. Muxtaram yurtboshimiz tomonidan 2020-yilni mamalakatimizda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nomanishi ham, davlatimiz tomonidan bu sohaning rivojiga alohida urg‘u berilayotganining dalilidir. Ushbu islohotlar natijasi o‘laroq, so‘nggi yillarda onlayn savdo platformalari, onlayn davlat xizmatlari tizimlari, raqamli axborot almashish tuzilmalari son va sifat jihatdan ancha o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Bu albatta davlat iqitisodiyotining o‘sishida muhim ahamiyatga ega. “Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O‘zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo‘lishini ta’minlash eng asosiy vazifamiz bo‘lishi shart.” 1 Bugungi kunda O‘zbekiston miqyosida islohotlar haqida gapirilar ekan “Taraqqiyot Strategiyasi”ni ham keltirib o’tish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoniga asosan, 2022 – 2026 - yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot Strategiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz rivojlanishining yangi davrida amalga oshiriladigan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Download 314.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling