Ziyorat turizmida xalqaro inson resurslari menejmenti


- erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; -


Download 314.25 Kb.
bet3/13
Sana28.01.2023
Hajmi314.25 Kb.
#1137276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Toxirova N

- erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
- milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish;
- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
- ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
- bugungi kunda insoniyat, xalqimiz duch kelayotgan umumbashariy muammolarga o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yechim toppish;
- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Mazkur Farmonda, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish alohida ta’kidlangan.
Iqtisodiy o‘sishga asosiy turtki bo‘lgan turizm va ko‘ngilochar sanoat doirasida turizm sohasini raqamli rivojlantirish rolini aniqlashga yondashuvlarni o‘zgartirishni yanada o‘rganish uchun nafaqat turizm mahsulotini shakllantirish
va ilgari surish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatni shuningdek, turizm infratuzilmasi faoliyati bilan bog‘liq boshqa sohalarni ham tushunish lozim.
Turizmni rivojlantirish darajasi – mamlakat, uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi farovonligini tavsiflovchi parametrlardan biridir. Turizm sohasida ayniqsa innovatsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, turizm rentabelligi va rivojlanish dinamikasi bo‘yicha neft va gazni qazib olish va qayta ishlashdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Turizm ko‘plab davlatlarning milliy iqtisodiyotlari uchun iqtisodiy faoliyatning eng muhim sohasidir. Bundan tashqari, turizm axborotga boy soha bo‘lib, unda axborotni yig‘ish, uzatish, tahlil qilish va saqlash sohaning barcha darajalarida qarorlar qabul qilishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish turizm faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, unda eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faol qo‘llanilmoqda.

Download 314.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling