Tayyorlangan go’sht yekstrakti tarkibida peroksidaza bo’lsa, bunga biz
ishtirokida kislorod perekisdan ajraladi va eritmaning rangi o’zgaradi.
28
Reaksiyaning uslubi
Tekshirilayotgan go’shtdan tayyorlangan filtratdan 2 ml probirkaga olinib
(bu filtrat 1:4 nisbatda tayyorlangan) 5- 6 tomchi 0,2 foiz benzidinning spirtli
eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi, keyin esa 3 tomchi 1 foizli
perekis vodorodi eritmasi tomiziladi. Agar go’sht sog’lom hayvonlardan olingan
bo’lsa, probirkadagi eritmaning tarkibi 1-10 sekund ichida ko’kimtir-ko’k
rangga kiradi. Bunday ko’rsatkich musbat reaksiyasi hisoblanadi. Go’shtning
tarkibiy qismi qisman o’zgara boshlagan bo’lsa, benzidin ishtirokida bo’ladigan
reaksiya asta-sekin bo’ladi. Go’sht ekstrakti yomon go’shtdan tayyorlangan
bo’lsa reaksiyasi manfiyni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: