Tananing qonsizlanganlik darajasini aniqlash
Tananing qonsizlanganlik darajasi ko’rish va laboratoriya tekshirish yo’li
bilan aniqlanadi. Qonsizlanish darajasi 4 ga bo’linadi: yaxshi, o’rtacha, yomon,
juda yomon. Tanani yomon qonsizlanishi biron bir kasallik oqibati natijasi bilan
bog’langan bo’ladi. (O’lim oldi talvasasida, kasal, charchagan holatlarda
so’yilgan hayvonlar). Bundan tashqari bo’yin sohasidagi qon tomirlari yomon
ochilganda qonsizlanish u darajada yaxshi bo’lmaydi.
Tana go’shtini qonsizlanganlik darajasini baholashda muskul va yog’
to’qimalarining rangi aniqlanadi, katta va kichik qon tomirlarda qonning bo’lishi
va yangi kesilgan go’sht kesimlari tekshiriladi. Bundan tashqari, quyidagicha
tajriba qilib ko’rish mumkin. Yangi kesilgan go’sht yuzasida bir tilim filtr
qog’ozi bir necha daqiqa qoldiriladi.
Bu filtr qog’ozga go’sht shirasi va qoni ma’lum darajagacha go’sht
yuzasidan chiqib shimiladi, bu esa yomon qonsizlanganlikdan dalolat beradi. Bu
usul muzlatilgan go’sht eritilayotganda qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |