3.Roder usuli
Reaksiya uchun tarkibi 0,1 ml li Leffler svinkasi, 40 ml distillangan suv va
fuksinning 0,05 ml li to’yingan spirtli yeritmasidan (10 barobar suv bilan
aralashtirilgan) iborat reaktiv ishlatiladi. Probirkaga 3 gramm yaxshi ezilgan
go’sht solinadi va ustiga 5 ml suyuqlik quyiladi. Probirka bir necha marta
silkitiladi, keyin esa 5 daqiqa tindiriladi va reaksiya o’qiladi. Agar go’sht yaxshi
yoki o’rtacha qonsizlangan bo’lsa, reaktivning rangi ko’kligicha qoladi, agar
rangi malla ko’k bo’lsa, go’sht yomon qonsizlangan hisoblanadi, agar
aralashmaning rangi malla qo’ng’ir bo’lsa, u paytda go’sht juda yomon
qonsizlangan hisoblanadi.
I.S.Zagayevskiy tana go’shtining qonsizlanganligini aniq tekshirishning
sodda usulini tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |